O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

Kalit so’zlar: Yusuf Balasag’un, Qutad’gu bilig, diniy atamalar, tarjima 
muammolari, asliyat tili, tarjima tili, tarjimada adekvatlik. 
 
 


87 
Kirish 
XI asrda yashab, ijod qilgan, o’zining ilmiy salohiyati, badiiy tafakkuri 
bilan olam ahlini hayratga solgan, buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojibning 
dunyoga mashxur “Qutadg’u bilig” asari necha asrdirki tilshunoslar, 
adabiyotshunoslar, turkiyshunoslar va qo’yingki butun dunyo siyosatshunos 
hamda san’atsevarlari e’tiborini tortib kelmoqda. Asarning dunyoga tanilib, 
adabiyotshunoslar qalbidan va nufuzli kutubxonalaridan joy olishida esa tarjima 
san’atining ahamiyati katta bo’lgan. Mazkur asar bir nechta turkiy xalqlar tillariga 
shunigdek ingliz, nemis, rus, kabi jahon tillariga ham tarjima qilingan. Ma’lumki, 
bu asarning ingliz tiliga tarjimasi ikki ijodkor Robert Dankoff
14
hamda Walter 
May
15
tomonidan amalga oshirilgan. Asarning asl ma’nosini kitobxonga yetkazib 
berish uchun ushbu tarjimalar ustida ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Asar 
pandnoma tarzida yozilgani bois uni o’qish jarayonida o’quvchi ko’plab diniy 
atamalarga duch keladi. Shu o’rinda asardagi ba’zi diniy atamalarning ingliz tiliga 
tarjimasi qiyosiy tahliliga va o’ziga xos jihatlariga to’xtalib o’tamiz.
Asosiy qism 
Bilamizki, diniy atamalar tarjima jarayonida tarjimondan o’zgacha mahorat 
talab qiladi. Chunki u oddiy termin emas, u muqaddas diniy so’zdir. Asliyatdagi 
mazmun-mohiyatni tarjima tiliga olib o’tish oson ish emas va qator o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. “Qutadg’u bilig” asari islom diniga oid ko’plab atamalarni 
o’zida jamlagan. Asarning ingliz tiliga tarjima nusxasida ba’zi bir murakkab 
o’ziga xosliklarni uchratishimiz mumkin. Xususan arab tili hamda ingliz tilining 
turli til oilalariga mansubligidir. Bu esa ikki farqli til, ikki farqli madaniyat va din 
demakdir. Diniy tarjima tarjimondan ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling