Xotiraning avtomatik boshqarilishi;
Turlarga dinamik ajratilishi;
1.1 TO`PLAMLAR
To`lamlar elementlar majmuini ifodalashning yana bir ko`rinishi hisoblanadi. To`plamlarni aniqlash uchun figurali qavs („{‟,‟}‟) dan foydalanilib, elementlar
unda ketma-ket sanaladi:
talabalar = {"Bobur", "Zafar", "Alisher"}
|
print(talabalar) # {'Bobur', 'Zafar', 'Alisher'}
|
To‟plamni tashkil qiluvchi elementlar qiymatlari unikal bo‟lishi kerak, agar elementlar qiymatlari ayni bir xil bo‟lsa, ya`ni bir xil element takrorlansa, u holda
barcha takrorlanuvchi qiymatlar bitta deb hisoblanadi:
son = {"1", "1", "2","2", "2"}
|
print(son) # {'2', '1'}
|
Bu erda to‟plam elementlari ikkita “1” va va uchta “2” qiymatlar orqali hosil qilingan. Lekin ekranga to`plam elementlari chop qilinganda to`plam faqatgina ikki elementdan tashkil topganligini ko‟rish mumkin.
To`plamni yaratish uchun set() funksiyasidan ham foydalanish mumkin. Ushbu funksiyadan foydalanib to‟plam yaratilganda parametriga qiymat sifatida ro`yxat yoki kortej ham berilishi mumkin:
tubSonlar = [2,3,5,7,11]
|
tubSonlarTuplami = set(tubSonlar)
|
print(tubSonlarTuplami) # {2, 3, 5, 7, 11}
|
Ayniqsa set() funksiyasi bo‟sh to‟plam hosil qilish uchun juda qulay hisobladi:
son = set()
|
print(son) # set()
|
To‟plam uzunligi (to`plam elementlari soni) ni toppish uchun len() funksiyasidan foydalaniladi:
son = {3,4,5,6}
|
print(len(son)) # 4
|
Do'stlaringiz bilan baham: |