O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy til munosabatini aniqlash tamoyili


Download 1.92 Mb.
bet25/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy til munosabatini aniqlash tamoyili. Tahlil etilayotgan matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini nazarda tutishning yana bir tamoyilidir. V.V.Vinogradov “Badiiy adabiyot tili haqida” (1959) nomli asarida ta’kidlaganidek, badiiy adabiyot tilining tarixiy harakatini umumxalq tili hamda uning turli tarmoqlanishi tarixidan tamoman ajratilgan holda o’rganish mumkin emas. Badiiy matnning ikki turini farqlash mumkin: 1) zamonaviy matn (bugun yaratilgan) 2) tarixiy matn (o’tmishda yaratilgan). Zamonaviy matnning ham o’z navbatida ikki turini kuzatish mumkin, ya’ni: a) bugungi kun mavzusidagi zamonaviy matn, b) tarixiy mavzudagi zamonaviy matn.
Savol va topshiriqlar:
1-topshiriq. Matnni o‘qing va unga sarlavha toping.
Taqdir degan bir odamning fahm-farosatda tengi yo‘q, oqila va go‘zal qizi bor ekan. Taqdir qiziga qarab: „Aql, Davlat va Umid degan uch odamdan sovchi kelyapti, qaysi biriga rozi bo‘lasan?“ – deb so‘rabdi. Shunda qiz: „Dada, aql – insondagi eng ulug‘ fazilat, aqlga suyanib turib do‘stni dushmandan, hushyorni devonadan farqlash mumkin. Lekin aqlning bir aybi bor: kishini chalg‘itib, xatarli yo‘llarga solib qo‘yishi mumkin. Davlat esa ham ishbilarmon, ham hukmdordir. Lekin davlat hech qachon, hech kimga vafo qilmaydi. Men umidni ixtiyor qilaman. Chunki umid hech qachon insonga xiyonat qilmaydi, undan ajralmaydi. Butun jahon undan manfaatdor“, – degan ekan. Biz ham o‘sha Taqdirning dono qiziga o‘xshab Umidni tanlasak, adashmaymiz. (T. Malik)
2-topshiriq. Berilgan matnning tahlilini tayyorlang. Uning asosiy g‘oyasi haqida fikringizni bildiring.
XXI asrda muvaffaqiyat qozonish uchun qanday ko‘nikmalar ustida ishlash kerakligini bilasizmi? Men doimo uddalash qiyin bo‘lgan ishni qilaman. Shundagina men uni qanday bajarish mumkinligini bilib olaman“, – deb yozgan edi Pablo Pikasso.
Ishda yuksalish, baxtiyor yashash va muvaffaqiyatga erishishda quyidagi ko‘nikma va qobiliyatlarning o‘rni yuqori:
– kreativlik, ijodkorlik, ijodiy yondashuv;
tanqidiy fikrlash;
– murakkab muammolarni hal qilishga ko‘p yechimli yondashuv;
– odamlarni boshqarish ko‘nikmasi (menejment);
– hissiy aql-zakovat(intelekt);
– muzokara olib borish qobiliyati;
– odamlar bilan o‘zaro samimiy muloqot(kommunikativlik);
Maktab partasidanoq ushbu ko‘nikmalarni egallashga va o‘rganishga urinish yorqin kelajagingiz garovi bo‘lishi mumkin. („Internet ma’lumotlairdan“)



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling