O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti
Download 1.92 Mb.
|
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli
Savol va topshiriqlar:
Topshiriq. a) Institutda o‘tkazilishi mo‘ljallangan biror tadbir to‘g‘risida faks yoki elektron pochta orqali (e-mail) yuboriladigan xabar matnini tayyorlang. Faksogrammada telefonogrammadan farqli tarzda qanday zaruriy qismlar bo‘lishi lozimligini aniqlang; b) savollarga javob bering: 1. Faksogramma orqali xabar jo‘natishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari bajariladi? 2. Faks orqali yo‘llangan xabaringiz qabul qilinganligini nima bilan asoslash mumkin? 3. Faksogrammani to‘g‘ri qabul qilish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 35-mavzu: Tashkiliy hujjatlarReja: Tashkiliy hujjatlar bu … Guvohnoma. Xizmat guvohnomasi. Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi. GUVOHNOMA Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdek, biror ishga (masalan, taftish o‘tkazishga) oid vakolatini ko‘rsatuvchi hujjat. Xizmat guvohnomasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga beriladi hamda xodimning shaxsi va lavozimini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. Xizmat guvohnomasi xodimning pasporti o‘rnini bosmaydi (Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qarori). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga muvofiq «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risida namunaviy nizom» tasdiqlandi. Shu nizomga muvofiq, har bir kishi ishga qabul qilinganda, kadrlar bo‘limi (yoki kadrlar ishi bilan shug‘ullanuvchi lavozimdagi shaxs)dan guvohnoma oladi. Bunday guvohnoma yonda olib yurishga moslashtirilib, daftarcha shaklida tayyorlanadi. Ta’kidlash lozimki, huquqni muhofaza qilish organlari, harbiylashtirilgan tuzilmalar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi o‘z nizomlarini o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda tasdiqlaydilar hamda xizmat guvohnomalarini tayyorlash, berish, almashtirish, hisobga olish va saqlashni tashkil etish tartibiga nisbatan ushbu namunaviy nizomdagidan o‘zgacha talablarni nazarda tutishga haqlidirlar. Xizmat guvohnomasi ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq va birinchi rahbarning qarori asosida belgilanadi hamda kadrlar bilan ishlash xizmatlari yoki boshqa xizmatlar tomonidan beriladi. Xizmat guvohnomasi muayyan muddatga, biroq 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi va quyidagi hollarda: – xodimning familiyasi, ismi va ota-ismi o‘zgarganda; – xodimning lavozimi o‘zgarganda; – xizmat guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda; – xizmat guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda almashtiriladi. Hujjat yo‘qotib qo‘yilganda xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va birinchi rahbarning qarori bilan yangi guvohnoma beriladi. Berilgan xizmat guvohnomasining saqlanishi uchun javobgarlik uning egasiga yuklanadi. Xizmat guvohnomasi yo‘qotib qo‘yilganligi, yaroqsizlanganligi va ehtiyotlab saqlanmaganligi uchun aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladilar. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling