3-topshiriq. Berilgan bayonnoma namunasini o‘qing, turini aniqlang va kun tartibini o'zgartirib, asosiy qismlarini yangilang.
Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi xorijiy tillar akademik litseyining 2- bosqich «А» guruhi talabalari yig‘ilishining 3- bayonnomasi
2003- yil 10.02 Toshkent shahri
RAIS - I.HASANOV
KOTIBA — M.MUSLIMOVA
QATNASHDILAR: 24 TALABA
4-topshiriq. Matnni o‘qing, qoliplashgan birikmalarni ajrating va daftaringizga ko‘chirib oling.
1. Rais — jamiyat bosh hisobchisi Ozoda Sobirova, a’zolari — rejalash bo‘limi iqtisodchisi Aziz Hayitov, hisobchi Dilorom Ravshanovalardan iborat komissiya 2002- yil 3-mart da taftish o‘tkazdi. 2. Muhandis O. Yo‘ldoshevni hisoblash texnikasi bo‘yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (2003- yil 15- yanvardan 2003- yil 15- martgacha) tajriba o‘tashga qabul qilishingizni so‘raymiz. 3. Qabul qilib olingan narsalar: 1) korxonada ishlovchi 128 xodimning shaxsiy hujjatlari (ro‘yxatga ilova qilindi); 2002-2003- yillar uchun 54 hujjat (ro‘yxat ilova qilindi). 4. Dalolatnoma 2 nusxada tuzildi: 1- nusxa — jamiyatning kadrlar bo‘yicha nazoratchisiga, 2nusxa — hujjatlar yig‘ma jildiga solib qo‘yish uchun. 5. Hammasi bo'lib 14850 (o‘n to'rt ming sakkiz yuz ellik) dona kitob olingan.
5-topshiriq. Kerakli o'rinlarga tinish belgilarini qo‘ying va qo‘yilish sababini tushuntiring.
1. Men Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Farg'oniy ko‘chasidagi 44- uyda yashovchi Tolibjon Qodirov ushbu vasiyatnoma orqali quyidagi topshiriqni beraman. 2. Asos boshqaruv raisining 2002- yil 18- oktabrdagi 152- raqamli buyrug‘i 3. Tekshirishda quyidagilar aniqlandi.
1) barcha stol va stullar hisob ma’lumotlariga mos keladi;
2) uzunligi 4 metrlik 4 ta deraza pardasi yetishmaydi.
4. Ushbu vakolatni bajarish uchun unga mening nomimdan har qanday tashkilotga ariza bilan murojaat qilish zarur bo‘lgan har qanday hujjatni olish imzo qo‘yish oldi-sotdi shartnomasini imzolash kabi huquqlami beraman 5. Qaror qilindi
2- bosqich talabasi Ahror Raupov M.Ulug‘bek nomidagi stipendiyaga tavsiya qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |