O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


-topshiriq. Matnni ko‘chiring, gapda so‘zlarning qanday bog‘lanayotganini aniqlang


Download 1.92 Mb.
bet12/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

2-topshiriq. Matnni ko‘chiring, gapda so‘zlarning qanday bog‘lanayotganini aniqlang.
E’tibor berganmisiz-yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do‘stingiz bor. Qachon xohlasangiz, siz bilan hamsuhbat bo‘ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo‘shadi. G‘amgin pallada dardingizni oladi. Bilmaganingizni o‘rgatadi. Adashsangiz, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo‘ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag‘in chorlasangiz, yetib kelib, xizmatingizni qilaveradi.
Bu do‘stning nomi – kitob. (O‘. Hoshimov)


4-mavzu: O‘zbekiston ta’lim tizimi


Reja:

  1. Ta’lim tizimimiz tuzilishi.

  2. Ta’lim silsilasi ta’rifi.

O'zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Oʻzbekistonda maktabda oʻqish majburiy hisoblanadi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, ta’lim turlariga ko'ra quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi " Ta’lim to‘g‘risida" gi Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling