O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


Download 1.92 Mb.
bet14/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

Savol va topshiriqlar:
Topshiriq. Alisher Navoiyning so‘z, til borasidagi fikrlarini yodda tuting. Tilning inson faoliyatidagi o‘rni haqida bahslashing, asosiy g‘oyani ifodalovchi ixcham matn tuzishga harakat qiling.
Mir Alisher Navoiyning aksariyat asarlari, xususan, «Xamsa»dagi bir necha boblar so‘z ta’rifiga bag‘ishlangan. Ularni mutolaa qilar ekanmiz, so‘zning qudrati, ta’sir kuchi, jilvasiga alohida urg‘u berilganligiga guvoh bo‘lamiz. Shoir, avvalo, hayot mohiyati hisoblangan to‘rt unsur: suv, havo, olov, tuproqning ham, yetti qavat osmondagi yetti sayyoraning ham so‘z tufayli vujudga kelganini ta’kidlaydi.
Insonni hayvonot olamidan farqlovchi asosiy belgi ham so‘z ekanligini aytadi:
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Shunday ekan, so‘z gavharining sharofati shunchalar yuksakki, uning qarshisida eng qimmatbaho narsalar ham qadrsizlanadi:
So‘z guhariga erur oncha sharaf,
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
Xullas, Alisher Navoiy asarlari bizni dunyoning eng sirli mo‘jizasi hisoblangan so‘zga ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga, uni qadrlashga chorlaydi. (M.Siddiqov)
Nazorat savollari:
1. O‘zbek tili qaysi til oilasiga mansub?
2. O‘zbek tilining mamlakatimizdagi maqomi haqida so‘zlang.
3. O‘zbek tilining boyligini misollar asosida tushuntirib bering.
4. O‘zbek tilining taraqqiyoti, eng avvalo, uning qaysi sathida namoyon bo‘ladi va nima uchun?
5. O‘zbek tilining dunyodagi nufuzi haqida gapiring.


6-, 7-mavzu: O‘zbek adabiy tili me’yorlari


Reja:

  1. Nutq madaniyati tushunchasi.

  2. Adabiy til me’yorlari.

  3. Xulosa qism.

«Nutq madaniyati» tushunchasi to‘g‘risida gap borganda, ko‘p hollarda, nutqda o‘rinli va o‘rinsiz so‘zlarning qo‘llanishi xususida bahs boradi. Til birligining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llanganligini belgilashda ma'lum bir o‘lchovga (mezonga) asoslaniladi. Mana shu o‘lchov tilshunoslikda adabiy til me'yori deb yuritiladi.
Adabiy til me'yori, uning shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari nutq madaniyati sohasining tekshirish ob'ekti hisoblanadi. Nutq madaniyati sohasining adabiy til me'yoriga munosabati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a) nutq madaniyati adabiy me'yordagi o‘zgarib, buzilib turuvchi, nutqiy nuqsonlarni yuzaga keltiruvchi xususiyatlarni topadi, ularni bartaraf etishga intiladi;
b) nutq madaniyati adabiy til me'yorini doimiy rivojlanib, o‘zgarib turuvchi hodisa sifatida tekshiradi va til me'yori tizimidagi yangi holatlarni, o‘zgarayotgan, o‘zgargan holatlarni shuningdek, «o‘lgan», iste'moldan chiqqan holatlarni hisobga oladi;
v) nutq madaniyati til me'yori tizimidagi qarama-qarshi holatlarni belgilaydi hamda uni tilning barcha yaruslari bo‘yicha tekshiradi.
Nutq madaniyati adabiy me'yorni ma'lum maqsad asosida, ya'ni madaniy nutqning chegarasi va vositalarini aniqlash maqsadida o‘rganadi. Shu sababli nutq madaniyati sohasi adabiy til va uning me'yoriy tizimini baholaydi va nazorat qiladi. Nutq madaniyati sohasi adabiy til rivojiga ongli aralashadi.
Adabiy tilni me'yorlashtirish haqida gapirishdan avval adabiy tilning o‘zi nima degan savolga javob topish lozim bo‘ladi.
Adabiy til haqida gap borganda, avvalo, adabiy til – xalq tilining, milliy tilning oliy shakli deyilgan ta'riflarga duch kelinadi. Darhaqiqat, adabiy til xalq tili negizida shakllanadi. Adabiy tilni yaratishdan maqsad umumxalq ommaviy aloqa vositasini yaratishdir.
Adabiy til ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy hayotning barcha sohalarida aloqa quroli darajasiga ko‘tariladi. Adabiy til vazifasining kengayishi undagi til vositalarining rivoj topishini, imkoniyatlarining kengayishini taqozo qiladi.
Adabiy tilning lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishi muayyan qonun-qoidalarga bo‘ysunadi, ular saralangan, ishlangan, me'yorlashtirilgan bo‘ladi. Demak, adabiy til me'yorlashtirilgan til bo‘lib, bu uning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Adabiy tilni me'yorlashtirish deganda tilning ko‘pchilikka ma'qul bo‘lgan ko‘rinishlarini tavsiya etish va shu asosda tilning fonetik, orfoepik, orfografik, leksik, grammatik qonun-qoidalarini ishlab chiqish va ularni tartibga solish tushuniladi.
Ilmiy manbalarda adabiy tilni me'yorlashtirishning quyidagi shartlari qayd etiladi: a) tilning ifoda vositalari tanlanadi; b) umum tomonidan qabul qilinadi va mustahkamlanadi;v) qoidalashtiriladi, lug‘at va grammatikalarda tavsiya etiladi; g) shu til vakillarining hammasi uchun majburiy hisoblanadi.
Hozirgi kunda tilshunosligimizda o‘zbek adabiy tilining me'yorlari quyidagicha tasniflanadi: 1. Leksik-semantik me'yor. 2. Orfoepik (talaffuz) me'yor. 3. Yozuv (grafik) me'yori. 4. Fonetik me'yor. 5. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) me'yor. 6. Grammatik me'yor (morfologik va sintaktik). 7. So‘z yasash me'yori. 8. Imloviy me'yor. 9. Punktuatsion me'yor. 10. Uslubiy me'yor.
Leksik-semantik me'yor. Bu me'yor so‘z tanlash va uni nutqda o‘rinli qo‘llash qoidalari bilan ish ko‘radi. So‘z qo‘llash me'yoriga ko‘ra umumxalq tilida mavjud bo‘lgan lug‘aviy birliklardan eng ma'quli me'yor sifatida tanlab olinadi hamda ulardan foydalanish tartibi belgilab beriladi.
Hozirgi kunda o‘zbek adabiy tilining lug‘aviy me'yori ancha tartibga solingan. Shunga qaramay, ba'zan nutqda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolar ham uchrab turadi. Masalan:
Mana, yo‘l o‘rtasida tovushqon ko‘rib,
Pomeshchikning ovchisi quvdi shu mahal. (Zulfiya.)
Berilgan she'riy parchada qo‘llangan tovushqon so‘zi shevaga xos bo‘lib, uning qo‘llanishi leksik me'yorga xilof.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling