O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


Download 1.92 Mb.
bet15/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

Savol va topshiriqlar:
Test.
1. Quyidagi parchada nechta so‘zdagi ko‘pnuqta o‘rniga adabiy til me’yorlariga ko‘ra tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘yish mumkin?
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari.., biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalar... bir qadam oldinga o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari... уor dam qo‘li... uzatadi, safi... kengaytirib, yangi g‘alaba... ko‘zlaydi.
A. 4 ta B. 3 ta C. 2 ta D. 1 ta
2. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi?
A. abzal, ortiq B. rostgo‘y, mehnatsevar
C. ko‘nmoq, rozi bo‘lmoq D. chiroy, suluv
3. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosni ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobi aniqlang.
A. Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
B. Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Amm ular biznikiga bir yilda bir keladilar.
C. Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda.
D. Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin.
4. O‘smirlarimiz xalqaro turnirlarda g‘alaba qozonmoqdalar. O‘zbekning dovrug‘ini olamga yoymoqdalar.
Ushbu gapda yoymoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
A. Taxlangan, o‘ralgan narsalarni ochmoq
B. Tevarak-atrofga taralmoq, anqimoq.
C. Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq.
D. Kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq.
5. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A. Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan, ustlari suvalgan edi.
B. Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf va shonini saqlaydi.
C. Buni jamoada tashabbus uyg‘onishidan, ta’lim-tarbiya sifati yaxshilanishidan ko‘rinib turibdi.
D. Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi.
6. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga “u” unlisi yoziladi?
1) muq...m; 2) sup...rmoq; 3) tov...q; 4) sur...shtirmoq; 5) tug‘...lmoq; 6) yut...q.
A. 2, 3, 6 B. 1, 2, 3, 6 C. 2, 3, 5 D. 1, 2, 4, 6
7. Quyidagi so‘zlardan nechtasi NOTO‘G‘RI yozilgan? Yaxshiev, pyesa, poezd, sub’ekt, jamiyat.
A. 2 tasi B. 3 tasi C. 1 tasi D. 4 tasi
8. Qaysi gapda asos va qo‘shimchalar imlosi bilan bog‘liq XATOLIK kuzatiladi?
A. Ko‘chmas mol-mulk haqida tuzulgan bitimni bekor qilish kerak.
B. Manzilga yetgach sen bilan alohida gaplashaman.
C. Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olyapmiz.
D. Jamoatchilik ishtiroki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
9. Quyidagi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qaysilari qo‘shib yoziladi?
1)havo//rang; 2) liq//to‘la; 3)mol//boqar; 4) tog‘//olcha; 5) O‘rta//Osiyo; 6)tarjimayi//hol.
A. 1, 2, 3, 5 B. 1, 3, 4 C. 2, 3, 4, 6 D. 3, 4, 6
10. Quyidagi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qaysilari qo‘shib yoziladi?
1)har//kuni; 2)ko‘z//oynak; 3)To‘rt/ko‘l; 4)bir//oz; 5)suv//osti; 6)o‘n//ming.
A. 1, 2, 3, 5 B. 2, 3, 4, 6 C. 1, 3, 4, 5 D. 2, 3, 4, 5

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling