O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti
-topshiriq. Berilgan gaplarni hozirgi uslubiy me’yorlarga mos ravishda qayta tuzing. Ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni ayting
Download 1.92 Mb.
|
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Yozma nutqning to‘g‘riligiga ta’sir etayotgan o‘rinlarga diqqat qiling, so‘zlardagi imlo xatolarini aniqlang.
- Lahja yoki Dialekt
1-topshiriq. Berilgan gaplarni hozirgi uslubiy me’yorlarga mos ravishda qayta tuzing. Ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni ayting.
1. Sohibqiron hayratda anchagacha so‘z topolmay, bu vayrona ichidagi nuroniy qariyalarga qarab uzoq turdilar, – ul sizningdur, biz olmaymiz... Illo, bizga ash’oridin aytsin. 2. Aytmaydur, – deyishdi chollar. Qo‘rg‘onimiz atrofida yer quchib nigun bo‘lgan yarim elatimiz hurmati, hozir Olloh aning dilig‘a hikmat kalomini solmag‘ay... 3. Norasidani ko‘rdingmu? – dedilar Sohibqiron bosh ko‘tarmay. 4. Alar dunyo ishlari ila tamom band. Men alarga ilohiy sehriyat borligini eslatib, dillarini tikanak sim yanglig‘ chirmagan dunyo ishlaridin sal chalg‘itishga urunamen. Dayrda ko‘p savob-u gunoh ishlarni qildik. Har neki bo‘lsa, Ollohning madadi, bandasining tadbiri biladur. (Asqad Muxtor) 2-topshiriq. Yozma nutqning to‘g‘riligiga ta’sir etayotgan o‘rinlarga diqqat qiling, so‘zlardagi imlo xatolarini aniqlang. 1. It beparvo, eshaklarga yondash ketyapti, goho uchgan qushlar ovoziga diqqat qilib, shalpang quloqlarini dikkaytiradi, hamrohlariga ma’nodor qaraydi, so‘ng yana lo‘killab yo‘lida davom etadi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Hammasi tinch, salom deb yuborishdi... – dedi Rahim Saidov masalaga qanday yondoshishni o‘ylar ekan. (O‘. Umarbekov) 3. Mahallada katta tayyorgarlik bilan o‘tqazilgan tadbirda keksa-yu yosh faol ishtirok etdi. (Gazetadan) Bahor kelishi bilan bog‘larda ko‘chat o‘tkazish ishlari avj oldi. (Gazetadan) 10-mavzu: O‘zbek tili lahja va shevalariReja: Lahja va dialekt. Qo`llanish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan so`zlar. Vulgarizm va varvarizm. Lahja yoki Dialekt —umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qoʻllanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi koʻrinishi. Lahja bir qator kattaroq til tuzilmasi tarkibiga kiradi, ushbu butunlikning boshqa qismlariga, boshqa Lahjalariga qarshi qoʻyilib, taqqoslanadi va ular bilan umumiy xususiyatlarga ega boʻladi. Hududiy Lahjalar tovushlar tarkibi, grammatika, soʻz yasalishi, leksika nuqtai nazaridan muayyan tafovutlarga ega boʻladilar. Bunday farqlar sezilmas darajada boʻlib, aniq, bir tilning turli Lahjalarida soʻzlovchilar bir-birini yaxshi tushunishadi (mas, oʻzbek tili Lahja va shevalari), boshqa tillarning Lahjalari bir-biridan kuchli farq qilib, bunda turli Lahjalarda soʻzlovchilarning oʻzaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin boʻlmaydi (mas, nemis, xitoy tillari Lahjalari). Lahja umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng maʼnoga ega boʻlib, shevalar yigʻindisidan tarkib topadi. Mas, etnogenetik jihatdan koʻp tarkibli boʻlgan oʻzbek tilida 3 ta asosiy Lahja farqlanadi: qorluq-chigil-uygʻur lahjasi — Fargʻona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini oʻzi ichiga oladi; qipchoq lahjasi — Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Shimoliy Xorazmdagi hamda Fargʻona va Ohangaron vodiylaridagi "j"lovchi oʻzbek shevalarini oʻz ichiga oladi; oʻgʻuz lahjasi — Janubiy Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp va boshqalar) va Turkmanistondagi oʻzbek shevalaridan iborat. Mazkur Lahjalarning fonetikasi, grammatikasi va lugʻat tarkibida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud, lekin bu farqlar ularni birbiridan keskin ajratmaydi. Bu Lahjalar oʻzbek xalqi va tilining paydo boʻlishi va rivojlanishida yetakchi oʻrin egallab, qoz. oʻzbek adabiy tilining shakllanishi va undagi ayrim lisoniy hodisalarning barqarorlashishida ishtirok etgan. Qorluq Lahjasining Toshkent va Fargʻona tip shevalari hozirgi oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tili hozir ham Lahjalardagi eng ifodali, koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, maqbul grammatik shakllar hisobiga boyib bormoqda Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling