1-MODUL:Fanga kirish. O‘zbek adabiy tili va o‘zbekcha kasbiy nutq
1-mavzu: Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida
“Kasbiy faoliyat”, “kasbiy madaniyat”, “kasbiy muloqot”, “kasbiy nutq” tushunchalari. Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari. O‘zbek tili bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikma, malakani aniqlash.
2-3-mavzu:O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari
Pedagogik nutqning o‘ziga xosliklari. Nutq turlari va ko‘rinishlari. Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi.
4-mavzu:O‘zbekiston ta’lim tizimi
O‘zbekistondagi ta’lim tizimi bosqichlari. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va jahon universitetlari. Kredit-modul tizimining afzalliklari. Viloyat OTMlari, turdosh OTMlar haqida ma’lumot
5-mavzu:O‘zbek tili va uning tillar tizimidagi o‘rni
O‘zbek tili – turkiy til, agglyutinativ til. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. Davlat tilining nufuzini orttirish bo‘yicha hukumat qarorlari. Qiyosiy tipologiya natijalari.
6-7-mavzular:O‘zbek adabiy tili me’yorlari
Hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari tasnifi. Fonetik, orfoepik, grafik, orfografik, leksik, so‘z yasash, grammatik, aksentologik, punktuatsion me’yorlar.
8-9-mavzular:Uslubiy me’yorlar
Nutq uslublari. Lingvistik uslubshunoslik. Uslublarning fonetik, leksik-semantik, grammatik xususiyatlari.
2- MODUL: So‘zlashuv, publitsistik, badiiy uslublar va ularning xususiyatlari
10-mavzu: O‘zbek tili lahja va shevalari
So‘zlashuv uslubi, uning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari. Qarluq, o‘g‘uz va qipchoq lahjalari. O‘zbek tili lug‘atining shevalar hisobiga boyib borish jarayoni
11-mavzu:Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
Publitsistik uslubning leksik, grammatik xususiyatlari.
Davrimizning global muammolariga oid turli matnlar (maqolalar) ustida ishlash. Ekologik muammolar haqida intervyu tayyorlash
12-mavzu:Ommabop uslubning janrlari
Publitsistik uslub, uning qo‘llanilish sohalari, janrlari. Maqola va uning turlari.“Universitetim bilan faxrlanaman”mavzusi bo‘yicha suhbat. Ta’lim maskani haqida taqdimot tayyorlash va o‘tkazish.
13-mavzu: Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
Badiiy uslub va uning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari. Toshkentdagi Adiblar xiyoboni haqida axborot tayyorlash. Shoir-yozuvchilarning adabiyot haqidagi fikrlarini o‘qib o‘rganish.
14-mavzu:Badiiy matn tahlili
Badiiy tasvir vositalari. Ko‘chimlar va sintaktik figuralar ishtirokida matn tuzish. Badiiy asarni mutolaa qilish, she’rlarni yod olish. Esse yozish. Badiiy matnlarni lingvistik tahlil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |