O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


Download 1.92 Mb.
bet23/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

Savol va topshiriq:
Topshiriq. Berilgan matnlardan olmoshlarni aniqlab, uslubiy qo‘llanishi yuzasidan „Muhokama daqiqalari“ ni uyushtiring.
1. – Domlajon, shugina o‘qisin, odam bo‘lsin deymiz-da. Otasi ham, men ham bundan hech narsamizni ayamaymiz. Xudoga shukur, bu ham yuzimizni yerga qaratmay kelyapti. (O. Hoshimov)
2. Bu atrofda o‘zlaridan boshqa hech kim yashamas ekan-da? Qo‘rqmaysizmi? Tog‘lik joy… (O. Husanov)
3. Shunda qayerdandir juda tanish bir ovoz keldi. Birdan sergaklanib alangladi.
– Nahotki… bu Sizmi? Qayerdan paydo bo‘ldingiz? Qanchalar kutganimni bilasizmi Sizni? (Sh.Isaxonova)
4. – E, odammisan o‘zi?! – To‘rayev uning tirsagidan ushlab o‘ziga qaratdi. Nima bo‘ldi? Tanimayapsanmi? (Sh.Xolmirzayev)
5. – Yana men, mengina jonim achiydi, qachongacha shuning ortidan yurmoqchisan-a? (O. Hojiyeva)
6. – Tag‘in noto‘g‘ri xayolga borma. U-bu deb qo‘ygan bo‘lsam, aybga buyurma, uka. (S. Ahmad)

14-mavzu: Badiiy matn tahlili


Reja:

  1. Badiiy tahlil tamoyillari.

  2. Tahlil usullari.

  3. Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy til munosabatini aniqlash tamoyili.

Badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari haqida.
Badiiy matnning lisoniy tahlili fanining metodologiyasi dialektik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. Metodologiya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, metodos– yo’lusul va logos–ta’limot demakdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning nazariy va amaliy faoliyatini to’g’ri uyushtirish, tashkil etish haqidagi ta’limotdir. Dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Lekin mazkur qonuniyatlar muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarur.
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko’rilsa maqsadga muvofiq bo’ladi degan fikrdamiz:
Shakl va mazmun birligi tamoyili.
Makon va zamon birligi tamoyili.
Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabat aniqlash tamoyili.
Badiiy matndagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyillari.
Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarini aniqlash tamoyili91.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling