O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


Download 1.92 Mb.
bet34/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

Savol va topshiriqlar:


Topshiriq. Matnni o‘qing. Keltirilgan dalillar asosoda bugungi savodxonlik darajasi borasida bahs-munozara uyushtiring.

GLOBALLASHUV: TILLAR TARAQQIYOTI VA TANAZZULI


Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘tgan asrda rasman 2976 tilni qayd etgan bo‘lsa-da, sohaning yetakchi mutaxassislari hozirgi paytda jami 6809 ta til mavjud ekanligini ta’kidlashmoqda. 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro‘yxati 6912 tilni qamrab oladi. Dunyodagi eng katta tillar olinadigan bo‘lsa, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 200 tilning har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan ortiq, faqat 13 tilning har birida 50 mlndan ortiq kishi muloqot qiladi.


Til moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli


vositasi hisoblanadi. YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga


yaqin tilning yarmi joriy asrda o‘zining oxirgi sohiblaridan ajralishi mumkin. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til o‘layotganligi – dahshatli hodisa!


YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko‘ra, o‘lim yoqasida


turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro-Samarqand yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo‘lilari (paryo) tili O‘zbekiston hududidagi o‘layotgan tillardir.


O‘lik tilga aylanayotgan tillarni saqlab qolish insoniyat oldidagi o‘tkir muammolardan. Shuning uchun 1999-yil 17-noyabrda YUNESKO Bosh Anjumani 21-fevralni Xalqaro ona tili kuni (Международный день родного языка, International mother languare day) sifatida e’lon qilib, 2000-yilning fevralidan boshlab bu sana har yili lisoniy, madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi.


Til nega o‘ladi? Chunki odamlar undan foydalanmay qo‘yishadi, keng qo‘llanishdagi va „obro‘li“ tillarga ustuvorlik berilishi natijasida bolalar bu tilda ta’lim olmaydi. Tillar ham odamlarga o‘xshaydi: yonma-yon yashaydi, bir-biriga ta’sir qiladi, o‘zgaradi – rivojlanadi. Ammo taraqqiyot tezlashishi natijasida dunyoning yagona axborot makoniga aylanib borishi tillar taqdirida ham katta rol o‘ynaydi. Masalan, o‘tgan ming yillikda dunyo tillarining 500 tasi o‘lik tilga aylangan bo‘lsa, oxirgi yuz yillikda esa 1000 ta til tarix qa’riga singib ketdi.
Yuqorida aytilganidek, tillar xavfsizligi alifbo-imlo, ko‘p sonli so‘zlashuvchilarga egalik, davlat tili maqomi va axborot-kommunikatsiyalari sohalari, Internet tili ekanligi omillari bilan ta’minlanadi. Bular tillar yashovchanligi uchun yaxlit mezondir. Albatta, bizning ona (o‘zbek) tilimizning ham o‘z alifbo va imlosiga, davlat tili maqomiga egaligi, 30 milliondan ortiq so‘zlashuvchisi borligi kishini xushnud qiladi. Biroq achchiq bo‘lsa-da, ta’kidlash kerakki, uning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tili darajasiga ko‘tarilmayotganligi va, ayniqsa, bu borada hech qanday na nazariy, na amaliy va na tashkiliy ishlar olib borilmayotganligi uning ham mazkur xavfdan butkul xoli emasligini ko‘rsatadi.

Baxtiyor Mengliyev,


filologiya fanlari doktori, professor

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling