O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


Download 1.92 Mb.
bet37/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

Ommaviy axborot vositalari
Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir.
Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar qiladi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi.
OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, diktorlar, sharhlovchi va blogerlardir.
Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi.
Jurnalistlar, asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi.

Muxbir - (arab. - xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy- axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy- axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, radio, televideniye tahririyati xodimi.

Internet - bu hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi aхborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.

Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud.





Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling