O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti
Download 1.92 Mb.
|
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-mavzu: Elektron hujjat almashinuvi
Nazorat savollari:
1. O‘rta Osiyoda X asr hujjatlari qaysi tilda yozilgan? 2. Qadimda hujjatlar qanday narsalarga yozilgan? Ulardan namunalar keltiring. 3. O‘rxun-Enasoy bitiktoshiaridagi yodnomalar hujjat hisoblanadimi? 4. O‘rta Osiyoda qaysi davrlarda o‘zbek (turkiy) tilda ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan? 5. O‘zbek (turkiy) tildagi hujjat namunalari keltirilgan qanday tarixiy va badiiy asarlarni bilasiz? 34-mavzu: Elektron hujjat almashinuviReja: Elektron hujjat bu … Elektron hujjatlarning saqlash muddatlari. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni. Ish yuritish, hujjatlar almashinishi elektron tarzda ham bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni internet orqali jo‘natish va qabul qilib olishdan iboratdir. Elektron hujjat aylanishidan turli xil bitim va shartnomalar tuzishda, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirishda, rasmiy va norasmiy yozishmalarni olib borishda, umuman, hujjatlarni uzatishda foydalaniladi. Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Elektron hujjatlar elektron shaklda qayd etiladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatni identifikatsiya qilish imkonini beradigan o‘z rekvizitlariga ega bo‘ladi. Elektron hujjat texnika vositalari, axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalanib tuziladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Har bir elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining uni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda tuzilishi kerak. Elektron hujjatning quyidagi majburiy rekvizitlardan tashkil topadi: 1) elektron raqamli imzo; 2) elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otaismi; 3) elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; 4) hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin. Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shunga o‘xshash maqsadlarga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak. Elektron hujjat aylanish tizimi orqali ish yuritishni va ijro nazoratini amalga oshirayotgan tashkilotlarda munosabat belgisi elektron shaklda ham ko‘rsatilishi mumkin. Davlat xizmatlari markazlarida va yagona darcha xizmatlarida elektron hujjat yuritish yo‘lga qo‘yilgan. Elektron hujjat aylanishi jarayonida elektron raqamli imzolardan elektron hujjatlarni tasdiqlashda foydalanilmoqda. Elektron raqamli imzo elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo turidir. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti – elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. Elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo o‘z shartlariga rioya etilgan taqdirda qog‘oz hujjatga qo‘lda qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi. Xatlar blankasiga quyidagi zaruriy qismlar kiradi: «Tashkilotning ramziy belgisi» (agar mavjud bo‘lsa), «Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi» (shunday bo‘ysunish mavjud bo‘lsa), «Tashkilot nomi», «Aloqa bo‘linmasining ko‘rsatkichi, pochta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bank hisobraqami», «Sanasi», «Indeksi», «Hujjat kelib tushganligi haqida qayd». Umumiy blankaga quyidagi zaruriy qismlar kiradi: «Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi» (shunday bo‘ysunish mavjud bo‘lsa), «Tashkilotning nomi», «Hujjat turining nomi», «Sanasi», «Indeksi», «Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi». Har ikki turdagi blankada zaruriy qismlar burchakda (hujjatning chapdagi yuqori burchagi) yoki o‘rtada (yuqori chetki bo‘sh joydan pastda) joylashtiriladi. Xatlar uchun, umuman, boshqa blankalar uchun ham zaruriy qismlarning burchakda joylashgani qo‘l keladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim. Qoida tariqasida, standart varaq 1,2 qator oralig‘ida yozilishi lozim; har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim. Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi. Hujjatlarning aniq turlari (buyruq blankalari, ma’lumotnoma blankalari, dalolatnoma blankalari va b.) bir yilda 200 donadan ko‘proq ishlatiladigan bo‘lsa, shunday blankalar chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. Aksariyat hujjatlarni, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma, shuningdek, hisobxona hujjatlarini va boshqalarni tuzish oson bo‘lishi uchun ulardagi qolip so‘zlar yozilib ko‘paytirilgan ish qog‘ozlari ham odatda blanka deyiladi. Bulardan farqlash uchun yuqoridagi rasmiy xizmat blankalari «rasmiy ish qog‘ozi» deb yuritiladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling