Savol va topshiriqlar:
1-topshiriq. Quyidagi birikmalami daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling. Ulardan foydalanib to'rtta gap tuzing.
Boshqa shaharga ko‘chishimiz munosabati bilan, mehnat ta’tili berishingizni so‘rayman, ilova qilindi, ilova qilingan hujjatlar asosida, kasalligi tufayli, moddiy qiyinchiliklar sababli, ozod etishingizni so‘rayman, o‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman, ijozat berishingizni so‘rayman, yoshlar nomidan so‘raymiz, yordam berishingizni so‘raymiz, deb hisoblashingizni so‘rayman, haqida qaror chiqarishingizni so‘rayman, aytilganlar asosida, kelmayotganligi sababli, moddalariga rioya qilgan holda, muddatini uzaytirishingizni so‘rayman, da’vo talablarini tasdiqlash uchun, ushbu hujjatlarga muvofiq.
2-topshiriq. Institut rektoriga o'quv (akadem) ta’til berishni so'rab ariza yozing.
Fan bo‘yicha o‘tilgan mavzularni takrorlash. Xulosalar va kelajakdagi rejalar. Davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, undan kasbiy faoliyatda o‘rinli foydalanish haqida suhbat. Bilimni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar.
Savol va topshiriqlar:
1-topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing:
Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq, ovoz bermoq, muhokama qilmoq, tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq, muhokamaga chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq, topshirmoq, ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikr-mulohaza bildirmoq.
2-topshiriq. Nuqtalar o‘miga tegishli so‘z va qo‘shimchalami qo‘yib, bayonnoma matniga xos tartibda ko‘chirib yozing.
Hay’at..., yig‘ilish... Bayonnoma..., eshit..., ozod qil..., mas’uliyat..., o‘z... olmoq, ogohlan..., ma’lumot uchun..., ahvoli..., axborot, zimma... yulda..., maqsad... muvofiq, bayonnoma... ko‘chirma, kun... e’tiboran, belgila... qo‘y..., uzrli sabab......, e’tiboran kuch... kirit..., tavsiya....
Do'stlaringiz bilan baham: |