O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat pedagogika instituti


Download 1.92 Mb.
bet70/71
Sana20.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1713302
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Amaliy o`zbek tili. Majmua. Mashqli

TEST SAVOLLARI


1. Qaysi so‘zdagi nuqtalar o‘rnida jarangli, sirg‘aluvchi, lab-tish tovushi yozilsa ham, uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi?
A) a..tomat
B) a..zal
C) ta..silot
D) sha..qat
2. Qaysi qatordagi so‘zlarda bir sirg‘aluvchi til tovushi o‘rnida ikkinchisi aytilsa- da, asliga muvofiq yoziladi?
A) bo‘..chi, i..tirob
B) a..tomat, a..zal
C) ta..charm, bar..
D) al..oz, a..zal
3 . Qaysi qatorda quyi keng unlilardan so‘ng talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladigan so‘zlar ko‘rsatilgan? 1) radio; 2) said; 3) okean; 4) saodat; 5) doimo;
6) taajjub; 7) shoira A) 2, 5, 7
B) 1, 2, 3, 5
C) 2, 4, 5, 6, 7
D) 1, 2, 5
4. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga "o" yoziladi? 1) m..bodo; 2) s..mon;
3) t..mosha; 4) j..hongir; 5) h..mon; 6) s..vob A) 2,3
B) 1, 2, 3
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 3, 5
5. a unlisi o unlisi kabi aytiladigan so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) savob, zamon, bahor
B) tonna, oynak, kombayn
C) qaynoq, sanoq, dumaloq
D) tomosha, samon, muomala
6. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda necha marta tovush almashish fonetik hodisasi yuz bergan?
A) 2
B) 1
C) 3
D) tovush almashishi yuz bermagan
7. Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi. 1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi; 3) tovush ortishi A) 1,2
B) 2,3
C) 1, 2, 3
D) 1, 3
8. Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida nechta tovush o‘zgarishi yuz bergan?
A) 2
B) 1
C) 4
D) 3
9. Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi.
B) Bir nafasda olamni kezar.
C) Tilsiz aql o‘rgatar.
D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi.
10. Berilgan so‘zlardan qaysi biri fonetik o‘zgarish asosida yozilgan?
A) ulg‘aymoq
B) ishda
C) stol
D) ketdi
11. O‘rinsiz uyalib, maqsadni ro‘yobga chiqara olmaslik -noshudlikdir. Gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang.
A) 2 ta: -siz, -lik
B) 4 ta: -in, -iz, -lik
C) 3 ta: -siz, no-, -lik
D) 5 ta: -in, -siz, -maslik, no-, -lik
12. Asosdosh yasama so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) baobro‘, beobro‘, obro‘siz
B) birikma, birlash, birinch
C) allala, allaqayer, allam
D) aqlni, aqlga, aqlim
13. Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryo kabi jo‘shqin. Ushbu gapda nechta sifat yasovchi qo‘shimcha mavjud va qaysilar?
A) 2 ta: be-, -qin
B) 3 ta: be-, -day, -qin
C) 1 ta: be-
D) 4 ta: be-, -gan, -day, -qin
14. Chollar kulgudan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib, ko‘zlarini kulgu namladi. Ushbu gapda nechta fe’l yasovchi qo‘shimcha bor?
A) 2 ta
B) 1 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
15. Moddalar tarkibining doimiyligi kimyoning asosiy qonunlaridan biridir. Ushbu gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang.
A) 3 ta
B) 2 ta
C) 1 ta
D) 4 ta
16. Olimlar haddan ziyod saodatga intilish saodatni qo‘lga kiritishga to‘sqinlik qilishini aytganlar. Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 1 ta
17. Qaysi javobda yasama so‘zlar berilgan?
A) baliqpaz, toshloq, gapir
B) sovuqqon, badavlat, o‘stirish
C) yengilmas, yo‘llar, chiqar
D) ishlaydi, ma’naviy, keltir
18. Qismlari bir xil so‘z turkumiga mansub bo‘lgan kompozitsiya usulida yasalgan qo‘shma otlarni belgilang. 1) oqqush; 2) toshbaqa; 3) kinoyulduz; 4) oshpichoq; 5) bodomqovoq; 6) sheryurak
A) 2,3.4
B) 1,2,3,4,5,6
C) 2,3,4,5,6
D) 1, 2, 3, 4, 5
19. Arab tilidan o’zlashgan so’zlarno toping.
A) muharrir,kotiba, ma’naviyat
B) dugona,osmon, maktub
C) anjir,inshoot,o’quvchi
D) daraxt,zanjir,bahor
20. Oftob, osmon so‘zlari o‘zbek tili leksikasiga qaysi tildan kirib kelgan?
A) tojik
B) arab
C) mo‘g‘ul
D) bu so‘zlar o‘zbekcha so‘zlardir
21. Tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) chopon, olov, oftob
B) muqova, quyosh, chopon
C) to‘n, boshpana, ko‘k
D) chorpoya, so‘ri, jild
22. O’zlashma so’zlarni toping.
A) boks, tomat,soldat
B) bax t, aka,ona
C) futbol,palto,vergul
D) A,C
23. Arabchadan o’zlashgan so’zlarni toping.
A) kimyo,ta’lim,muallim
B) mashina,yog’moq,qo’l
C) qizil,texnika, suv
D) oyoq,qalam,quloq
24. Iltimoiy-siyosiy leksikaga oid so’zlarni toping.
A) jamiyat
B) kesim
C) paxan
D) vodorod
25. Ijtimoiy-siyosiy leksika ko’proq qaysi uslubda qo’llaniladi?
A) ilmiy
B) so’zlashuv
C) rasmiy
D) publitsistik
26. Siyosiy subyektlarning nomlarini anglatuvchi ijtimoiy-siyosiy leksika berilgan qatorni toping.
A) savdogar, dehqon, choysho’r
B) prezident, vazir, deputat
C) gulchi,farrosh,suxandon D)novvoy,otboqar,baliqchi
27. Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur. Ushbu maqolda qo‘llangan antonimlarning gapdagi sintaktik vazifasini belgilang.
A) ega
B) kesim
C) ega, kesim
D) aniqlovchi
28. Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa, demak, sen mo‘min ekansan. Ushbu gapdagi antonim so‘zlar qaysi so‘z turkum(lar)iga tegishli?
A) ot, fe’l
B) ot, sifat
C) sifat, fe’l
D) fe’l
29. Quyidagi qaysi maqolda antonim so’zlar ishtirok etmagan?
A) Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer.
B) Bolali uy -bozor, bolasiz uy -mozor.
C) Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur.
D) Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.
30. Zid ma’noli so’zlarni toping.
A) o’qidim-o’qimadim
B) ozg’in-oriq
C) yosh-qari
D) tinsh-totuv
31. Kontekstual antonimlar qaysi uslubda qo’llaniladi?
A) badiiy
B) so’zlashuv
C) rasmiy
D) publitsistik
32. Yoqasini ushlamoq iborasiga sinonim bo‘lgan so‘zni toping
A) hayratlanmoq
B) xursand
C) qo‘rqmoq
D) g‘azablanmoq
33. Tishini tishiga qo‘ymoq iborasiga sinonim bo‘lgan so‘zni toping.
A) chidamoq
B) hayratlanmoq
C) xursand
D) g‘azablanmoq
34. Ko‘ngli joyiga tushdi iborasiga zid bo‘lgan lug‘aviy birlikni toping.
A) yuragiga g‘ulg‘ula tushdi
B) do‘ppisini osmonga otdi
C) sabr kosasi to‘ldi
D) ko‘nglini ko‘tardi
35. Qaysi qatorda ibora qo‘llanmagan?
A) Har qanday temirni zang chiritadi.
B) Aravani quruq olib qochish evi bilan-da!
C) Atrof-tevarakda ko‘chani boshiga ko‘tarib yurgan bolalarning shovqini tingan.
D) U yig‘ilishdan tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib keldi.
36. Qaysi qatorda kuchli so‘ziga ma’nodosh bo‘lgan frazeologik birlik berilgan?
A) tog‘ni ursa talqon qiladi
B) oyog‘idan o‘t chaqnaydi
C) tekkanga tegib, tegmaganga tosh otadi
D) do‘ppisini osmonga otadi
37. Quyidagi sinonimik qatordagi so’zlarning qaysi biri eskirgan?
A) osmon
B) samo
C) ko’k
D) gardun
38. Dominanta so’zining ma’nosi
A) betaraf so’z
B) salbiy so’z
C) ijobiy so’z D)qarama-qarshi so’z
39. Sinonnimlar necha xil so’z turkumi doirasida bo’ladi?
A) ikki xil so’z turkumi doirasida
B) uch xil so’z turkumi doirasida
C) bir xil so’z turkumi doirasida
D) to’rt xil so’z turkumi doirasida
40. Til so’zining sinonimini toping.
A) nutq
B) lison
C) zabon
D) B,C
41. Uslubiy betaraf so‘zlar qatorini belgilang.
A) yaxshi, qalam, keldi
B) tagcharm, qolip, poshna
C) ildiz, kvadrat, neytron
D) alalxusus, azm, adil
42. Sezgir ota o‘g‘li keltirgan pulni o‘tga tashlaganda bola beparvo, loqayd turaverdi. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 1 ta
D) 4 ta
43. Qo‘shma sonlar qatorini aniqlang.
A) o‘n besh, yigirma olti, ikki yuz to‘qson besh
B) to‘rtta-to‘rtta, to‘qson besh, to‘qqiz
C) yetmish, sakson, to‘qson
D) bir-ikkita, besh-oltita, o‘n besh
44. Qaysi qatоrda qo‘shma fе’l ishtirоk etgan?
A) sоtib оlmоq, bayon etmоq
B) hоrmay-tоlmay, оlib kеldi
C) оlib turdi, ishlab chiqarmоq
D) yozdi-o‘qidi, o‘quvchi emish
45. Ikki va undan ortiq mustaqil so’zlar birikib, bir ko’chma ma’noni ifodalash uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi?
A) qo’shma so’z
B) ko’makchili so’z birikmasi
C) frazeologik birikma
D) so’z birikmasi
46. Qaysi turg’un birikma iqror bo’lmoq ma’nosini anglatadi?
A) yelkasiga olmoq
B) zimmasiga olmoq
C) qo’lga olmoq
D) bo’yniga olmoq
47. Frazeologik sinonimlar qaysi qatorda berilgan?
A) solishtirmoq,taqqoslamoq
B) tutgan yeridan kesadi, o’jar
C) qizg’anchiq,qo’li ochiq
D) og’ziga tolqon solmoq,mum tishlamoq
48. Erkin birikmani toping.
A) boshida yong’oq chaqmoq
B) og’zi qulog’iga yetmoq
C) boyniga qo’ymoq
D) boyniga ilmoq
49. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysi biri omonimlik xususiyatiga ega?
A) bosh tortmoq
B) og’zi qulog’ida bo’lmoq
C) ko’z yummoq
D) bosh egmoq
50. Qaysi so’zlar leksik (lug’aviy) ma’noga ega?
A) mustaqil so’zlar
B) yordamchi so’zlar
C) undov so’zlar
D) yuklamalar
51. Musiqa san’atiga oid terminlarni toping.
A) xor,orkestr,duet B)komediya,roman,vokal C)bank, karikatura, opera
D)opera, simfoniya,portret
52. Rassomchilik san’atiga oid terminlarni toping.
A) portret,karikatura, miniyatura
B) xor,orkestr,duet
C) bank, karikatura, opera
D) epizod,komediya, tragediya
53. Adabiyot san’atiga oid terminlarni toping.
A) epizod,komediya, tragediya
B) komediya,roman,vokal
C) opera, simfoniya,portret D)daromad,inflatsiya, roman
54. Iqtisodga oid terminlarni toping.
A) daromad,inflatsiya, biznes
B) komediya,roman,kredit
C) opera, simfoniya,qiymat
D) bank, karikatura, lokal
55. Inflatsiya so’zining ma’nosi
A) pulning xarid qilish quvvatining pasayishi.
B) ishchilarning hayot darajasining pasayishi
C) biror narsa yaratish, qurish uchun sarflanadigan ma’lum miqdordagi pul.
D) aholi turmush darajasining pasayib ketishi
56. ”Biznes” so’zi birinchi marta nechanchi asrlarda paydo bo’ldi?
A) XVIII-XIX asrlarda
B) X-XI asrlarda
C) XV-XVI asrlarda
D) XX- asrda
57. Neologizmlar qanday so’zlar?
A) yangi kirib kelgan so’zlar
B) ko’p ma’noli so’zlar
C) ma’nodosh so’zlar
D) zid ma’noli so’zlar
58. Badiiy uslubga xos neologizmlarni toping.
A) kurashdosh, quyoshiston
B) qalamkash, mo’yqalam sohiblari
C) choyxo’r, zargar D)bilimdon,xushxabar
59. Shevalar adabiy tildan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
A) fonetik
B) leksik
C) grammatik
D) fonetik, leksik, Grammatik
60. Qaysi javobda shevaga xos so’zlar berilgan?
A) ushbu,kitob,daftar
B) bu yoqqa, ana u yerda
C) kelopti,borvotti,aytovuz D)oliynasab,mujgon,go’ja
61. Qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ing, jo’nalish kelishigi qo’shomchasi –a shaklida qo’llanishi qaysi lahjaning morfologik belgisi hisoblanadi?
A) qarluq lahjasi
B) qipchoq lahjasi
C) o’g’uz lahjasi D)A,B
62. O’zbek tiliga yangidan kirib kelgan so’zlar qaysi javobda berilgan?
A) hokimiyat
B) davlat
C) yilnoma D)iste’mol
63. Qaysi uslubda gap bo’laklarining tartibi ancha erkin bo’ladi?
A) publitsistik uslubda
B) ilmiy uslubda
C) rasmiy uslubda
D) so’zlashuv uslubda
64. Varvarizm, vulgarizmlarni qaysi usluvda ishlatish mumkin?
A) publitsistik uslubda
B) ilmiy uslubda
C) rasmiy uslubda
D) so’zlashuv uslubda
65. Adabiy til me’yorlariga har doim ham amal qilavermaydigan muloqot shakli…
A) oddiy so’zlashuv uslubdi
B) erkin so’zlashuv uslubi
C) adabiy so’zlashuv uslubi
D) publitsistik uslub
66. Adabiy til uchun me’yor sanaladigan so’zlarni toping.
A) inak,uy,o’jak
B) tuxum,chumoli, beshik
C) g’o’ra,qarinja,mayak
D) takya,uchak,shoti
67. Adabiy tilga xos so’zlarni toping.
A) kelyapman
B) ishkop
C) ketti
D) nalug
68. Maqola qaysi uslublarga xos?
A) ilmiy, publitsistik
B) badiiy, ilmiy
C) rasmiy, badiiy D)so’zlashuv,ilmiy
69. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
A) uslubiyatda B)grammatikada
C) leksikologiyada D)dialektologiyada
70. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi qaysi uslubda uchraydi?
A) badiiy, so’zlashuv B)publitsistik, ilmiy
C) rasmiy, ilmiy
D) rasmiy, publitsistik
71. Reportajni kim tayyorlaydi?
A) jurnalist B)shoir
C) yozuvchi
D) rassom
72. Intervyu qaysi uslubga xos?
A) publitsistik
B) ilmiy
C) rasmiy
D) badiiy
73. Adabiy tilga xos so’zlarni toping.
A) kelyapman
B) ishkop
C) ketti
D) nalug
74. Maqola qaysi uslublarga xos?
A) ilmiy, publitsistik
B) badiiy, ilmiy
C) rasmiy, badiiy D)so’zlashuv,ilmiy
75. Qaysi javobda publitsistik uslubga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) ommaviy axborot vositalari uslubi
B) ish yuritish qog‘ozlari uslubi
C) voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalash uslubi
D) atamalarga tayanib, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub
76. Qaysi uslub asosini atama, ta’riflar, qoidalar tashkil etadi?
A) ilmiy uslub
B) rasmiy uslub
C) ommabop uslub
D) so‘zlashuv uslubi
77. Qaysi uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlandi kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi?
A) rasmiy uslubda
B) ommabop uslubda
C) ilmiy uslubda
D) badiiy uslubda
78. Ijtimoiy-siyosiy atamalar va atama birikmalari (fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, hukumat tangligi, va h.k.) qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar sanaladi?
A) publitsistik uslub
B) rasmiy uslub
C) ilmiy uslub
D) so‘zlashuv uslubi
79. Qaysi uslubni monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat kabilar tashkil etadi?
A) ilmiy uslub
B) rasmiy uslub
C) ommabop uslub
D) badiiy uslub
80. Qaysi uslubda atamalar hamda deyiladi, ataladi, kifoya, zarur kabi so‘zlar, mazmunan aniq, ravshan, qat’iy iboralar ishlatiladi?
A) ilmiy uslub
B) ommabop uslub
C) badiiy uslub
D) rasmiy uslub
81. Qaysi uslubda atamalar faqat bir ma’noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi?
A) ilmiy uslub
B) badiiy uslub
C) ommabop uslub
D) rasmiy uslub
82. Qonun barchaga barobarmi?, Kafolat va’da emas, Chetlatilgan mutaxassis, Tuya ko‘rdingmi, yo‘q, Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin kabi sarlavhali materiallar qaysi uslubga xos?
A) publitsistik uslub
B) badiiy uslub
C) ilmiy uslub
D) rasmiy uslub
83. Qaysi uslubda "muxbirimiz xabar berishicha", "elchixona xodimining so‘ziga ko‘ra", "muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi" kabi iboralar qo‘llaniladi?
A) publitsistik uslub
B) badiiy uslub
C) ilmiy uslub
D) rasmiy uslub
84. Qaysi qatorda ilmiy uslubga xos gap berilgan?
A) Ega va kesim gapning grammatik asosi hisoblanadi.
B) Seni hur va ozod kuylaymen.
C) Saxiylik va olijanoblik ulug‘vor fazilatdir.
D) Nedin g‘amnok ko‘rinasiz?
85. Ariqlarda suvlar qaymoq bog’lagan. Berilgan gap qaysi uslubga xos?
A) badiiy uslub
B) ilmiy uslub
C) publitsistik uslub
D) rasmiy uslub
86. 1) ilmiy uslub; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub. Ushbu uslublardan qaysilari tasviriy matnning ko‘rinishi sanaladi?
A) faqat 3
B) 2, 3
C) 1, 2
D) 1,2,3
87. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
A) uslubiyatda B)grammatikada
C) leksikologiyada D)dialektologiyada
88. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
A) tilshunoslik
B) qiyosiy tilshunoslik
C) adabiy tanqidchilik
D) adabiyotshunoslik
89. Uslubiy bo’yoq, ta’sirchanlik mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang.
A) qizgina, qizcha, onajon B)bolagina, o’quvchi, qushcha C)kitobcha, suv, gazetxon D)onajon, ko’zim, bosh
90. Tilning uslubiy vositalari tog’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) barchasi tog’ri B)polisemiya, metafora
C) epitet, metonimiya
D) sinonimlar, omonimlar
91. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo’llanadigan so’zlar qanday nomlanadi?
A) uslubiy xoslangan so’zlar C)uslubiy betaraf so’zlar
B) ilmiy uslubga tegishli so’zlar D) badiiy uslubga tegishli so’zlar
92. Voqea sodir bo’lgan joyning o’zidan matbuot,radio,televideniye orqali zudlik bilan yetkazilgan xabarni toping.
A) reportaj B)pamflet C)esse D)intervyu
93. Rasmiy uslubga xos xususiyatni belgilang.
A) ibora va jumlalar ma’lum qolipda bo’ladi B)terminlar qo’llanadi
C) ko’p ma’noli so’zlar ishlatiladi
D) shevaga xos so’zlar
94. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi qaysi uslubda uchraydi?
A) badiiy, so’zlashuv B)publitsistik, ilmiy
C) rasmiy, ilmiy
D) rasmiy, publitsistik
95. Keltirilgan gapning uslubini toping. Borolmadim,ishim chiqib qoldi. Ertaga boraman. A)so’zlashuv
B)ilmiy C)badiiy D)rasmiy
96. Badiiy uslubga xos gapni aniqlang.
A) butun osmonni bulutlarning og’ir, qalin, qoramtir namati qoplagan. B)stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor.
C) ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko’rsartish uchun berildi.
D) Sen menga: “ ovqating undog’, ovqating mundog’ – degan gapni- ilaverma
97. Neologizmlar qanday so’zlar?
A) yangi kirib kelgan so’zlar
B) ko’p ma’noli so’zlar
C) ma’nodosh so’zlar
D) zid ma’noli so’zlar
98. Obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko’radigan uslubdir.
A) )ilmiy C)rasmiy-idoraviy
B) badiiy D)publitsistik
99. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri notog’ri bayon qilingan qatorni belgilang.
A) shartli belgilar qo’llanmaydi
B) tilning tasviriy-ta’siriy vositalari ishlatilmaydi
C) undalmali gaplar, his- hayajonli gaplar deyarli qo’llanmaydi
D) matn monologik nutq tarzida bo’lib, dialoglar bo’lmaydi.
100. Quydagi matn qaysi uslubga xos?
17-modda. Fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlarga ega bo’lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqoroning huquq layoqati tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
A) rasmiy C)rasmiy
B) ilmiy D)publitsistik
101. Quydagi matn qaysi uslub namunasi hisoblanadi?
Yomq’ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera huquq layoqati yoq’ni. Tomchining diametri 0, 50, 6 mm bo’ladi. Yomg’ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo’shilib yiriklashuvidan hosil bo’ladi.
Yomg’ir ikki hildir: jala yomg’ir, shivalama yomg’ir. Shivalama yomg’irning yog’ish miqdori intensivligi soatiga 0,25 mm gacha, jala yomg’irniki esa 100mm gacha bo’lishi mumkin.
A) ilmiy uslub
B) badiiy uslub
C) publitsistik uslub
D) rasmiy uslub
102. Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta’siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta’sir ko’rsatiladi?
A) badiiy uslubda C) ilmiy uslubda
B) publitsistik uslubda D) rasmiy uslubda
103. Asosan qaysi uslubda so’zlar ko’chma ma’noda qo’llanmaydi?
A) rasmiy ish uslubida C)so’zlashuv uslubida
B) badiiy uslubda D) publitsistik uslubda
104. Lotin tilidan olingan “axborot bermoq” ma’nosini bildiruvchi janr?
A) referat
B) annotatsiya
C) monografiya D)tezis
105. Asosan badiiy uslubga xos bo’lgan izn (izn bermoq) so’zining sinonimini toping?
A) ijozat C)erk
B) ixtiyor D)nishona
106. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shunungdek ibora va jumlalarning bir qolipda bo’lishi asosan qaysi uslubga xos?
A) rasmiy usluga C) ommabop uslubga
B) ilmiy uslubga D) so’zlashuv uslubga
107. “O’rtoq rafiqam ! Ruxsat bersangiz, turmush qurganimizga bir yil to’lishi munosabati bilan sizni tabrik qilishga!” Ushbu gap qaysi uslubga misol bo’la oladi?
A) rasmiy C)ommabop
B) ilmiy D) badiiy
108. Hayotiy faktlarning qisqacha tasviridan iborat kichikroq badiiy asarni toping.
A) ocherk C) esse
B) reportaj D) felyeton
109. Monologga berilgan to’g’ri tarifni toping.
A) Monolog so’zlovchining o’ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqdir. B)Sintaktik jihatdan sodda tuzilgan nutqdir.
C) Monolog-ikki kishining suhbati
D) Ikki va undan ortiq kishilarning suhbati
110. Diolog qanday tashkil topadi?
A) Barchasi to’g’ri
B) So’roq,buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.
C) To’liqsiz gaplardan tashkil topadi.
D) Diolog so’z-gaplardan tashkil topadi.
111. Pamflet, felyeton,ocherk qaysi uslubda yoziladi?
A) publitsistik uslubda C) ilmiy uslubda
B) badiiy uslubda D) rasmiy uslubda
112. Tilxat, bildirgi, majlis bayonnomasi…. Bu atamalar qaysi uslubga xos?
A) rasmiy uslub
B) badiiy uslub
C) publitsistik uslub
D) ilmiy uslub
113. Isyon, irqchilik, siyosiy tanglik, bitim kabi so’zlar qaysi uslubda ishlatiladi?
A) publitsistik uslub
B) badiiy uslub
C) ilmiy uslub
D) rasmiy uslub
114. Ilmiy uslubga xos so’zlarni aniqlang.
A) deb ataladi, tahlil qilindi
B) boshi osmonga yetmoq, mum tishlamoq
C) baxsh etmoq, sarson bo’lmoq
D) ko’paymoq, yugurmoq
115. Fikr qisqa va lo’nda ifodalanadigan ilmiy janr?
A) tezis
B) ilmiy maqola
C) BMI
D) referat


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling