O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Gijja va boshqa parazit kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni davolash yo`llari
Download 226.27 Kb.
|
3-mavzu paraztologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parazitlar insonga qanday yuqadi
- Kasallik belgilari
Gijja va boshqa parazit kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni davolash yo`llari
Odam va hayvonlarning a'zo va to‘qimalari hisobiga yashovchi mayda chuvalchanglar – gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Gijjalar – chuvalchanglar, o‘zining parazitlik hayotini odam organizmida o‘tkazuvchi organizmlardir. Bunda odam yoshi rol o‘ynamaydi - kattalar ham, bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin. Parazitlar insonga qanday yuqadi? Shifokorlarning aytishicha, parazitlar turiga qarab turli usullarda yuqishi mumkin. Masalan, askaridalar, asosan, qo‘lini yaxshi yuvmaydigan bolalarda ko‘p uchraydi. Ostrisalar esa odamga iflos qo‘llar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda og‘iz va burunga tushadigan chang orqali ham yuqishi mumkin. Kasallik belgilari Gijjalarning xili, soni va qaysi organda parazitlik qilishiga qarab kasallik har xil kechadi. Parazitlar bilan zararlangan odamning vazni kamayadi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, ich ketishi yoki bosh aylanishi, jizzakilik paydo bo‘ladi, deydi biz bilan suhbatda bo‘lgan yuqumli kasalliklar shifokori Saodat Temirova. Gijja ichakda bo‘lsa – ich qotadi yoki ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish holatlari kuzatiladi. Jigarda bo‘lsa - ko‘z oqi va badan sarg‘ayadi, shish paydo bo‘ladi, badanga har xil dog‘lar tushishi mumkin. O‘pkada bo‘lsa - isitma chiqishi va yo‘tal paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, odamning mehnat qobiliyati pasayadi, bolalarda rivojlanish orqada qoladi, yaxshi o‘smaydi, xotira pasayadi, uyqusi notinch bo‘ladi.Gelmintlarning klassifikatsiyasi juda keng, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda. Hozirda gelmintlarning faqatgina o‘lkamizda keng tarqalganlari haqida yuqumli kasalliklar shifokori Saodat Temirova bilan birgalikda ma'lumot berishga harakat qilamiz. Sodda organizmlar orasida parazitizm keng tarqalgan. Parazit yashovchi sodda hayvonlar bir necha mingni tashkil qiladi. Sodda hayvonlar xo’jayinlarini turli a’zolarida (ichak, tana bo’shlig’i, qoni, jinsiy sistema va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko’pchiligi hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda turli og’ir, o’lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib chiqaruvchi turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o’rganish nafaqat zoologiyani tibbiyot va veterinnariyani ham predmeti hisoblanadi. Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 40000 ga yaqin tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o'simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo'lsada, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alohida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o'zi bajaradi. Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi: 1. Sarko-mastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Apikomplekslar (Apicomplexa). 3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia). 4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan apikomplekslar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar, hatto, o'limga olib keladigan turlari bor. Sarkomastigoforalar tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyoqlаr yoki хivchinlаr yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm tuprоqlаrdа hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа ham turli hаyvоnlаr vа оdаm оrgаnizmidа pаrаzitlik qilib, оg‘ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri bоr. Bu tipgа 18000 gа yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа хivchinlilаr kenjatiplariga bo‘linаdi Download 226.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling