Tripanosoma brucei
— Afrikaning Sahroi Kabirida uchraydigan Tripanosoma jinsiga mansub parazit kinetoplastidlar turi. Odatda qon va toʻqima hujayralarida hayot kechiradigan boshqa protozoa parazitlaridan farqli ravishda, u hujayradan tashqarida boʻlib, qon plazmasi va tana suyuqliklarida yashaydi. U xoʻjayin orqali yuqadi va oʻlimgacha olib keladigan kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bruceidan boshqa bu turga mansub parazitlar ham mavjud boʻlib, ulardan Afrika tripanosomasi- odamlarda uyqu kasalligi keltirib chiqaradi, qoramol va otlarda hayvonlarning tripanosomasi yoki nagana parazitlik qiladi. Bu uchta kichik turga birlashtirilgan turlar majmuasi:T.b.brucei, T. b.gambiense va T. b.rhodesienselar hisoblanadi. Birinchisi odamdan boshqa sutemizuvchilarning paraziti boʻlib, nagana qoʻzgʻatadi, ikkinchisi esa zoonoz boʻlib, odamlar va hayvonlarda ham parazitlik qiladi va Afrika tripanosomiaz kasalligini keltirib chiqaradi.
T. brucei sutemizuvchilar oʻrtasida turli xil turlarga mansub hasharotlar tashuvchisi tomonidan tarqatiladi. Masalan: tsetse chivinlari (Glossina). Hasharotlar qon bilan oziqlanish vaqtida tishlash orqali parazitni yuqtiradi. Parazitlar hayot aylanish jarayonida hasharotlar va sutemizuvchilar oʻrtasida harakat qilganda murakkab morfologik oʻzgarishlarga uchraydi. Sutemizuvchilarning qon oqimida parazit shakllari oʻzlarining hujayra yuzasi oqsillari, antigenlik xususiyatlari oʻzgaruvchan sirt glikoproteinlari bilan xoʻjayin organizm immunitetidan himoyalanadi. Shuningdek, Brucei qon-miya toʻsigʻini kesib oʻtishi aniqlangan bir nechta patogenlardan biridir]. Parazit kasaliklaridan davolanishda yngi dori terapiyasini ishlab chiqishga shoshilinch ehtiyoj bor, chunki hozirgi davolashlar kerakli natijani bermayapti va bemor uchun oʻlimga olib kelishi mumkin.
Parazit 1894-yilda ser Devid Bryus tomonidan kashf etilgan boʻlib, uning nomi 1899-yilda berilgan
5.Leishmania tropica o`rganish tarixi, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar
Do'stlaringiz bilan baham: |