O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Trichomonas hominis –o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi va profilaktik chora-tadbirlari


Download 226.27 Kb.
bet8/9
Sana22.10.2023
Hajmi226.27 Kb.
#1715721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu paraztologiya

7. Trichomonas hominis –o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi va profilaktik chora-tadbirlari
Odamda bir necha tur trixomonadalar uchraydi. Shulardan biri ichak trixomonadasi – Trichomonas hominis. Gavdasi 5-15 mkm. Odamning yug’on ichagida yashaydi. Ancha keng tarqalgan. Asosiy oziqasi ichak bo’shlig’idagi bakteriyalardir.
Kommensal holda hayot kechiradi, lekin ba’zan jigar va o’t yo’llariga o’tib qolsa, ma’lum darajada patogen faoliyat ko’rsatadi. Trixomonadalarning sista bosqichi bo’lmaydi. Odamning og’iz bo’shlig’ida Trixomonas elongata yashaydi. U ba’zan o’pkaga ham o’tishi mumkin.
Trixomonadalar orasida yeng yirigi jinsiy organlar (qin) trixomonadasi (T. vaginalis) bo’lib uning o’lchami 15-30 mkm ga teng. U ayollar jinsiy organida parazitlik qilib, uning yallig’lanishiga olib keladi. Qin trixomonadasi yerkaklarning siydik chiqarish yo’llarida ham yashaydi, lekin ushbu organlarni kasallantirmaydi.
Aslida jinsiy organlar trixomonadasi jinsiy aloqa vaqtida yuqadi. Ushbu tur ham Yer yuzida keng tarqalgan. Ayollarning 20-40 % i, yerkaklarning yesa 15 % i zararlangan.Trixomoniaz kasalligining profilaktikasi asosan shaxsiy sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya qilishdan iborat.


8.Sestodsimonlarning tuzilishidagi ayrim belgilar . Muhim vakillari, tuzilishi, rivojlanishi.
Sestodasimonlarning tuzilishidagi ayrim belgilari tasmasimon chuvalchanglarga o'xshaydi, ya'ni ularning ham hazm qilish organlar sistemasi bo'lmaydi. Lekin farq qiladigan belgilari ham ko'p. Sestodasimonlarning lichinkasi likofora deyiladi va unda 6 ta emas, balki 10 ta embrional ilmoqlari bo'ladi. Lichinka serkomerasi ko'pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi.
Sestodasimonlaraing tanasi bo'g'imlarga bo'linmagan. Jinsiy apparati ham bitta, markazlashgan bo'ladi. Ular germafrodit bo'lib, juda ko'p follikular urug'donlari va bitta ikki bo'lakli tuxumdoni bor. Sariqdonlari rivojlangan, bachadoni alohida teshik bilan tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan.
Sestodasimonlar sinfming turlari unchalik ko'p emas. Ular baliqlar va sudralib yuruvchilardan - toshbaqalarning tana bo'shlig'ida parazitlik qiladi.
Sestodasimonlaraing tanasi bargsimon yoki kamarga o'xshash, uzunligi 2-5 sm atrofida bo'ladi. Yopishuvchi organlari bo'lmaydi. Rivojlanishi xo'jayin almashtirish yo'li bilan boradi.
Oraliq xo'jayinlari qisqichbaqasimonlardan - yonlab suzarlar (Amphipoda) va ayrioyoqlar (Mysidacea) turkumlari vakillari hisoblanadi. Likofora lichinkasi ushbu qisqichbaqasimonlar tana boshlig'iga kmb, o'zgarishlarga uchraydi va morfologik jihatdan jinsiy voyaga yetgan shaklga yaqin bo'lgan lichinkalik davriga aylanadi.
Oraliq xo'jayin orqali asosiy xo'jayin oshqozoniga tushgan lichinka xo'jayin tana bo'shlig'iga o'tadi va o'sib voyaga yetadi. MDH mamlakatlarida osyotrsiinon baliqlarda parazitlik qiladigan sestodasimonlarning tipik vakili - amfilina (Amphilina foliacea) keng tarqalgan.
Amfilina amfilinalar (Amphiilidea) turkumiga kiradi.Amfilinaning tanasi bargsimon, uzunligi 5 sm. Voyaga yetgani ichakda emas, balki xo'jayinining tana bo'shlig'ida parazitlik qiladi va osyotrsimon baliqlarga katta zarar yetkazadi.
Shuningdek, ximeralar (akulasimon baliqlar) ichagida sestodasimonlar sinfiga kiruvchi Girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi vakillari ham parazitlik qiladi. Girokotilidlar tanasining keyingi qismida yopishuv diski, oldingi qismida esa kichikroq so'rg'ichi bo'ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi.
Lichinkasining keyingi qismida serkomerasi bo'ladi. Girokotilidlar monogeneyalar bilan tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi belgilarini o'zida mujassamlashtirgan oraliq formalar hisoblanadi.



Download 226.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling