Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra, reseptor yoinki sezgi a'zolari ularga ta'sir qiluvchi qo’zqatuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar sharakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, sharakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir. Hozirgi davrda sezgilarning reseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan sholda ta'kidlab o’tilgandir.
Hozirgi davrda sezgilarning reseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan sholda ta'kidlab o’tilgandir.
Sezgi jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya - sezgilarning reflektor nazariyasi deb ataladi.
Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat etaylik va shayvonot olamida aks ettirishni tashlil qilib ko’raylik. Shayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam ta'sirining biologik ashamiyatga molik jishatlarini faol (aktiv) ravishda ajratgan sholda xatti-sharakatni amalga oshiradilar.
Sezgining reflektor va reseptor nazariyalari
Ingliz olimi CH.Sherrington tomonidan retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo'ladi:
Ekstroretseptiv sezgilar tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning hususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a'zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar;
Proprioretseptiv sezgilar tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (ahborot, habar) beruvchi muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar u borasida rus psihologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi. Psihologiya fanida mazkur sezgilar to'la o'rganilmaganligi sababli uni “noma'lum hislar” deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |