О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

«Oyna» jurnali, 1914 yil, 21-son, 390—391-betlar

Download 2.19 Mb.
bet5/7
Sana27.10.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1725930
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TITUL MUSTAQIL ISH. 19

«Oyna» jurnali, 1914 yil, 21-son, 390—391-betlar.

" Muhtaram yoshlarga murojaat"

Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobig‘a tavassul va tashabbus etmoqlik harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan zuhur eta boshlagani kabi, bizning Turkistonda ham madaniyat eshigi manzalasida bo‘lgan makotibi ibtidoiyya ila intiboh va islohot jarchisi bo‘lgan milliy matbuot g‘ayratlu yoshlarning harakoti maorifparvaronalari soyasida vujudga keldi. Shuning uchun har bir milliy havoyijimizdan bo‘lgan mushkul ishlarda yolg‘iz yoshlarimizni marja’ va umidgoh tutib, alardan yordam so‘raymiz (mollari yoki so‘zlari ila millat foidasig‘a yordamlari tekgan ba’zi ulamou ag‘niyomiz ham yoshlar qatoridadurlar).

Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib— taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoe’ va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas. «Muborizai hayot» maydonida mutlaqo mag‘lub bo‘lur, oyoqlar ostida ezilur, diniy, iqtisodiy ishlarda o‘zgalarning asiri bo‘lub, bora-bora milliyat va diyonatini ham ho‘ldan berur. Ana ushbu yo‘llar ila oxiri mahv va nobud bo‘lub ketar.

Binoan alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig‘a va maktablarning har jihatdan intizom va akmolig‘a ahamiyat berub bolalarini milliy va diniy ruhda mukammal suratda yetushdurarlar. Aning uchundurki, o‘zga millatlar diniy va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam tutarlar. Va luzumi kelganda bu yo‘lda molu jonlarini fido etmoqg‘a hozir turarlar. Mana, hozirgi urushlar va iqtisodiy tortishlar diyonat va milliyat hissiyoti natijasidur

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling