Globallashuv sharoitida raqobatning iqtisodiy tabiatini tizimli tahlili va chet el tajribasi.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon bo‘ladi. Tovarlar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobatchilik kurashining jadalligi va aniq shakli raqobat holatining xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi.
Sof raqobat modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama-qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog’liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Aniq bozordagi tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir.
Quyidagi 1- rasmdan ko‘rinib turibdiki, raqobatchilar tahlili quyidagi ketma- ketlikda amalga oshiriladi:
bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash;
tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash;
tayanch raqobatchilarni baholash;
raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish;
potensial raqobatchilarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |