O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qish


Download 74.05 Kb.
bet2/10
Sana10.11.2023
Hajmi74.05 Kb.
#1763325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
xumoyun (2)

______________ N.O.Rajabov
Magistratura bo‘limi boshlig‘i, q.x.f.f.d., dotsent

_______________ A.T.Xolliyev
O'simliklarni himoyasi va karantini kafedrasi mudiri, q.x.f.f.d., dotsent



KIRISH (magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jaxonda BMTning
ma’lumotlariga ko‘ra, har yili qishloq xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotlarning 30 foizdan yuqorisi, rivojlanmagan davlatlarda 50 foiz etishtirilgan mahsulot zararli organizmlar tomonidan nobud bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘simliklarni himoya qilish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida muhim ahamiyat kasb etadi.
MDHda o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bu tizimning asosi ma’lum fitosanitar sharoitda ekinlarni zararli organizmlardan to‘la himoya qilish va shu agro ekosistemani mo‘ta’dilligini ta’minlashdan iboratdir.
Dunyoda zararli organizmlar tufayli har yili 203,7 mln/t. Don, 228,4 mln/t. qand lavlagi, 23,8 mln/t. kartoshka, 23,4 mln/t. sabzavot, 11,3 mln.t. meva, sitrus o‘simliklari va uzum hosilini kam oladi. Shuningdek har yili zararli organizmlardan 75 mlrd. dollorga yaqin zarar ko‘rar ekan [http://www.fao.ru].
O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilishning asosi biologik kurashda tayangan xolda olib boriladi. Biologik usulning moxiyati qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalarga qarshi tirik organizmlarni yoki ularning xayotiy mahsulotlarini qo‘llashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, kasallik va zarakunandalarga chidamli navlarni ishlab chiqarishga joriy etish belgilab berilgan.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish ishlari sifatini yaxshilash, o‘simliklarni himoya qilish xizmatini takomillashtirish, himoya tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 24 oktyabrdagi «Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo xizmati tuzilmasini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi» №PP-2640 sonli qarori qabul qilindi.
Jahon bozorini sifatli va ekologik toza oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabining oshib borishi, oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda zararkunanda va kasalliklar

himoyalashni biologik usullardan foydalanish, hosildorlikni saqlab qolish hamda sifatli, ekologik toza oziq-ovqat maxsulotlari etishtirish dolzarb hisoblanadi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoyalashda biologik usuldan keng qo‘llanilib, uni yanada takomillashtirishni talab etadi. Mavsumda qo‘llaniladigan biomaxsulotlarni sifati va ularni qo‘llash samaradorligini oshirish orqali etishtirilayotgan hosilni zararkunandalardan saqlab qolish, qator ekologik va oziq- ovqat havfsizligi muommolarini echishda xizmat qiladi.



Download 74.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling