O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti menejment fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi mavzu


Download 81.05 Kb.
bet2/4
Sana14.11.2023
Hajmi81.05 Kb.
#1772673
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish

Domar modeli. Keynsian modellarining eng oddiysi 40-yillarda taklif qilingan E. Domar modeli hisoblanadi.

2. Iqtisodiy o`sishda O`zbekistonning yutuqlari va muammolari


Ta'lim sifatining pastligi, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasi, bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tish jarayoni, ekologik muammolar, jahondagi raqobat muhiti O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lidagi muammolardir. Bu haqida milliy barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan BMT vakilliklari, elchixonalar va hukumat organlarining hamkorlik uchrashuvida ma'lum qilindi.
Hamkorlik uchrashuvi doirasida hukumat vakillari O‘zbekistonda milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi borasida bajarilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari esa o‘z tavsiyalarini ma'lum qilishdi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi vakili Ilhom Mamatqulovning bayon qilishicha, “O‘zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” konsepsiyasida milliy barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida qilinadigan ishlar belgilab olingan. Xususan, bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishni tezlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ijtimoiy himoyaning samarador mexanizmlarini joriy qilish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, ekologik siyosatni to‘g‘ri olib borish kabi vazifalar qo‘yilgan.
BMTning hamkorlik dasturiga asosan, 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari har bir shaxsning qiziqishini inobatga olish, inson huquqlarini ta'minlash, gender tengligi va ayollar uchun imkoniyatlarning kengaytirilishi, tashqi ta'sirlarga chidamlilik, barqarorlik, hisobdorlik prinsiplari asosida amalga oshirilishi lozim.
BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning qayd etishicha, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini ta'minlash uchun hukumat qarorlar qabul qilishda marginal guruhlar (turli ijtimoiy guruhlar oralig‘idagi shaxslar jamoasi)ning fikrlari va ehtiyojlarini inobatga olishi lozim. “Shuningdek, hukumat taraqqiyot dasturi doirasidagi hamkorlari bilan doimiy ravishda muhokamalar o‘tkazishi, erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil etib, berilgan tavsiyalar asosida ish ko‘rishi lozim”, ─ deydi Dimovska xonim.
Dimovskaning qayd etishicha, O‘zbekistonda turli hududlarda daromad ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sezilarli farq saqlanib qolmoqda. Ishchi kuchining arzon va ko‘pligiga qaramay, malakali mutaxassisga bo‘lgan talab qondirilmayapti. Sifat ko‘rsatkichlarini belgilashdagi muammolar mamlakatdagi kichik biznes vakillarining Yevropa davlatlariga eksportni amalga oshirishiga salbiy ta'sir ko‘rsatyapti. Investitsiyani jalb qilish va kichik biznes sub'yektlarini rivojlantirish masalasi hududlarda infratuzilmani yaxshilash (energiya va suv ta'minoti, transport masalasi)ga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzerning qayd etishicha, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda statistik ma'lumotlarni aniqlik va xolislik prinsipi asosida jamlash, natijalar monitoringini xolis olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy o'sish kategoriyasi har qanday iqtisodiy tizimlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Iqtisodiy o'sish deganda ma'lum vaqt oralig'ida ma'lum darajada cheklangan resurslar muammosini hal qilish osonlashadi va inson ehtiyojlarini yanada kengroq qondirish mumkin bo'ladi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismidir. Iqtisodiy o'sishni yalpi ichki mahsulot mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot miqdorining ortishi orqali o'lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog'liq bo'ladi. Odatda, biron-bir mamlakat iqtisodiy o'sishini yalpi ichki mahsulot mutloq hajmining ortishi orqali o'lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot miqdorining ortishi orqali o'lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo'llaniladi. Mamlakatning iqtisodiy o'sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko'rsatkichlar (real yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning o'sishi) miqdoriy ko'rsatkichlar bo'lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to'liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o'sishini to'liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o'sishi bo'sh vaqtning sezilarli ko'payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o'sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy o'sish o'z ifodasini potentsial va real yalpi milliy mahsulotning (YaIM ) o'sishida, millat, mamlakat, mintaqaning iqtisodiy qudratining oshishida topadi. Tor ma'noda iqtisodiy o'sish - bu bevosita ishlab chiqarish bosqichida tug'iladigan jarayon bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishning qolgan bosqichlarida barqaror xarakter kasb etadi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning miqdoriy va sifat jihatdan o‘zgarishiga, ma’lum bir davrda ijtimoiy mahsulotning ko‘payishiga va xalq farovonligining oshishiga olib keladi. Keng ma'noda: iqtisodiy o'sish, iqtisodiy rivojlanish mezoni sifatida, o'z mohiyatiga ko'ra, jamiyat taraqqiyotining umumiy trayektoriyasining asosiy tarkibiy qismidir. Boshqa tarkibiy qismlar (ijtimoiy, siyosiy, demografik va boshqalar) bilan birgalikda u jamiyat harakatining yo'nalishini, butun ijtimoiy rivojlanish xarakterini belgilaydi (progressiv, regressiv yoki inertial). Bugungi kunda iqtisodiy o'sish zamonaviy dunyoning muhim xususiyati hisoblanadi. Aholi soni ortib bormoqda, ishlab chiqarish va bandlik ko‘lami, milliy mahsulot, turmush darajasi, ishdan ko'proq bo'sh vaqt iqtisodiy o'sishdan dalolat beradi.
Iqtisodiy o'sish, jumladan uning sifati to‘g‘risidagi masala mamlakat, uning mintaqalari, umuman biror-bir ijtimoiy tizimning rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun ham juda muhim. Iqtisodiy o‘sish jamiyatning rivojlanish istiqbollarini prognozlash imkonini beradi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish resurslaming cheklanganligi muammosini hal etish uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil koʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.
Iqtisodiy o'sish kategoriyasi har qanday iqtisodiy tizimlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Iqtisodiy o'sish deganda ma'lum vaqt oralig'ida ma'lum darajada cheklangan resurslar muammosini hal qilish osonlashadi va inson ehtiyojlarini yanada kengroq qondirish mumkin bo'ladi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismidir. Iqtisodiy o'sishni yalpi ichki mahsulot mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot miqdorining ortishi orqali o'lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog'liq bo'ladi. Odatda, biron-bir mamlakat iqtisodiy o'sishini yalpi ichki mahsulot mutloq hajmining ortishi orqali o'lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot miqdorining ortishi orqali o'lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo'llaniladi. Mamlakatning iqtisodiy o'sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko'rsatkichlar (real yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning o'sishi) miqdoriy ko'rsatkichlar bo'lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to'liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o'sishini to'liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o'sishi bo'sh vaqtning sezilarli ko'payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o'sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy o'sish o'z ifodasini potentsial va real yalpi milliy mahsulotning (YaIM) o'sishida, millat, mamlakat, mintaqaning iqtisodiy qudratining oshishida topadi. Tor ma'noda iqtisodiy o'sish - bu bevosita ishlab chiqarish bosqichida tug'iladigan jarayon bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishning qolgan bosqichlarida barqaror xarakter kasb etadi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning miqdoriy va sifat jihatdan o‘zgarishiga, ma’lum bir davrda ijtimoiy mahsulotning ko‘payishiga va xalq farovonligining oshishiga olib keladi. Keng ma'noda: iqtisodiy o'sish, iqtisodiy rivojlanish mezoni sifatida, o'z mohiyatiga ko'ra, jamiyat taraqqiyotining umumiy trayektoriyasining asosiy tarkibiy qismidir. Boshqa tarkibiy qismlar (ijtimoiy, siyosiy, demografik va boshqalar) bilan birgalikda u jamiyat harakatining yo'nalishini, butun ijtimoiy rivojlanish xarakterini belgilaydi (progressiv, regressiv yoki inertial). Bugungi kunda iqtisodiy o'sish zamonaviy dunyoning muhim xususiyati hisoblanadi. Aholi soni ortib bormoqda, ishlab chiqarish va bandlik ko‘lami, milliy mahsulot, turmush darajasi, ishdan ko'proq bo'sh vaqt iqtisodiy o'sishdan dalolat beradi.



Download 81.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling