O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
MENEJMENT FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI
Mavzu: Iqtisodiy o‘sish va rivojlanayotgan mamlakatlar.
Bajardi: G’ulomov Fayzullo
Guruh: 45-21
Tekshirdi: Tashmuxamedova Karima
Toshkent-2023
Reja:
Kirish.
1. Iqtisodiy o`sishning turlari va maqsadlari.
Asosiy qism.
2. Iqtisodiy o`sishda O`zbekistonning yutuqlari va muammolari.
3. O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro ta’siri.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish qismi
1. Iqtisodiy o`sishning turlari va maqsadlari.
Iqtisodiy o’sishni yalpi taklifning, yoki aniqroq qilib aytganda, ishlab chiqarishning potentsial hajmi dinamikasining uzoq muddatdagi aspekti sifatida qarash mumkin. Iqtisodiy o’sish omillari va qonuniyatlari tahlili makroiqtisodiy nazariyaning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sish deganda odatda iqtisodiyotda real daromadlarning (YaIM, YaMM yoki MD), shuningdek, aholi jon boshiga real ishlab chiqarish hajmining o’sishi tushuniladi. Shuning uchun iqtisodiy o’sishni o’lchashda umumiy va jon boshiga real ishlab chiqarish hajmining absolyut o’sishi yoki o’sish sur’ati kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Iqtisodiy o’sish agar qo’shimcha resurslarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilsa va jamiyatda o’rtacha mehnat unumdorligini o’zgartirmasa, bu ekstensiv iqtisodiy o’sish deyiladi. Intensiv iqtisodiy o’sish esa birmuncha mukammal ishlab chiqarish omillari va texnologiyasini qo’llash bilan bog’liq, ya’ni u resurslar sarfi hajmini oshirish hisobiga emas, balki ularning foydali ish koeffistientini (unumdorligini) oshirish hisobiga amalga oshiriladi. Resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv o’sish afzalroq hisoblanadi, u shuningdek aholi farovonligini o’stirishning asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Iqtisodiy o’sish omillarini ko’pincha iqtisodiy o’sishning turlariga muvofiq ravishda guruhlarga ajratadilar. Ekstensiv omillarga quyidagilar kiradi:
mavjud texnologiya darajasini o’zgartirmagan holda investistiyalar hajmini oshirish;
ishchi kuchi sonini ko’paytirish;
ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, yonilg’i va boshqa kapital xarajatlarini oshirish.
Intensiv omillarga quyidagilar kiradi:
fan-texnika rivojlanishini tezlashtirish (yangi texnika va texnologiyalarni kiritish);
ishchilar malakasini oshirish;
asosiy fondlar va dastmoyalardan foydalanish sifatini yaxshilash;
resurslar taqsimotini yaxshilash;
xo’jalik faoliyatini tashkillashtirishni yaxshilash hisobiga uning samaradorligini oshirish.
Ba’zi hollarda ishlab chiqarishni kengaytirish jarayonining katalizatori sifatida yalpi talabni iqtisodiy o’sishning mustaqil omili ko’rinishida ajratadilar.
Iqtisodiy o’sishga to’sqinlik qiluvchi sabablarga resurslar taqchilligi, iqtisodiy jihatdan cheklanganlik, shuningdek, ishlab chiqarish hajmining o’sishi bilan bog’liq yirik ijtimoiy xarajatlarni kiritadilar.
Iqtisodiy o’sishning asosiy zamonaviy modellari, boshqa har qanday modellar singari, real iqtisodiy jarayonlarning tenglamalar yoki grafiklar shaklidagi abstrakt, soddalashtirilgan ifodasini o’zida aks ettiradi. Har bir modelda oldindan ma’lum qilib qo’yiladigan bir qator farazlar avval boshdan natijani real jarayonlardan uzoqlashtiradi, biroq shunga qaramasdan ular iqtisodiy o’sishdek murakkab hodisaning alohida jihatlari va qonuniyatlarini tahlil qilishga imkon beradi.
Iqtisodiy o`sishning Keyns: Xarrod, Domar va neoklassik model bo`lgan Solou va boshqa bir qator modellari bor.
Solou modeli biror vaqt oralig’idagi jamg’armalar, aholining ko’payishi va texnologik o’sishning ishlab chiqarishning o’sishiga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Model shuningdek mamlakatlarning yashash darajasi orasidagi katta farqlarning ba’zi sabablarini ham aniqlaydi.
Iqtisodiy o’sishning Solou modeli kapital zahirasining o’sishi, ishchi kuchining o’sishi va texnologiya rivojlanishi ishlab chiqarishga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu model yordamida iqtisodiyotning eng muhim masalalaridan birini tahlil qilish mumkin: ishlab chiqarilgan mahsulotning qancha qismi hozir iste’mol qilinishi kerak va qancha qismi kelajakda foydalanish uchun tejab olib qo’yilishi kerak.
Solou o’z modelida Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funkstiyasidan foydalanadi, bu funktsiyada mehnat (ishchi kuchi) va kapital bir-birining o’rnini bosuvchi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarish funkstiyasi mehnat (L) va kapital (K) omillari qanday qilib ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini aniqlab berishini ko’rsatadi:
Y = F(K, L) .
Solou modeliga ko’ra, ishlab chiqarishda foydalaniladigan kapital va mehnat hajmi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoriga to’g’ri proporstional deb olinadi, ya’ni kapital va ish kuchi biror z marta ortsa, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori ham shuncha marta ortadi:
zY = F(zK, zL) .
Ishlab chiqarish funkstiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
Y = F(K, L) = AKαL1-α ,
bu yerda A — mavjud texnologiyaning unumdorligini ko’rsatuvchi parametr.
Kobba-Duglas funktsiyasidan kelib chiqqan holda quyidagilarni yozish mumkin:
MPL = (1 – α)Y/L , MPK = αY/K ,
bu yerda MPL va MPK — mehnat va kapitalning me’yoriy unumdorligi, Y/L va Y/K esa mehnat va kapitalning o’rtacha unumdorligi.
Solou modeli tahlilining boshqa shartlari quyidagilar hisoblanadi: kamayib boruvchi me’yoriy kapital unumdorligi, ko’lam ortishidan keladigan o’zgarmas daromad, o’zgarmas ishdan chiqish (amortizastiya) normasi, investistion laglarning yo’qligi. Omillarning bir-birining o’rnini bosa olishi (kapital ta’minotining o’zgarishi) faqatgina texnologik sharoitlar bilan emas, balki omillar bozoridagi mukammal raqobat shartlari bilan ham tushuntiriladi.
Mahsulotlar talabi va taklifi qanday qilib kapital to’plash jarayonining parametrlarini aniqlashini tahlil qilishda mehnat resurslari hajmini va foydalaniladigan texnologiyani o’zgarmas deb qaraladi.
O’sish modellarining ko’pchiligi shunga asoslanadiki, ishlab chiqarish real hajmining o’sishi asosiy ishlab chiqarish omillari — mehnat, yoki ishchi kuchi (L), hamda kapitalning (K) ta’siri ostida ro’y beradi. “Mehnat” omiliga odatda tashqi muhit kam ta’sir ko’rsatadi, kapital salmog’i esa muayyan investistion siyosat orqali yo’lga solinishi mumkin. Ma’lumki, iqtisodiyotda vaqt o’tishi bilan kapital zahirasi ishdan chiqish hisobiga qisqaradi va sof investistiyalarning o’sishi hisobiga ortadi. Shak-shubha yo’qki, iqtisodiy o’sish o’zicha emas, balki aholi farovonligini oshirishning asosi sifatida ahamiyatlidir, shuning uchun o’sishning sifatiy bahosi ko’pincha iste’mol dinamikasini baholash orqali beriladi.
Iqtisodiy o’sishning keynsian modellarida taklif dinamikasini aniqlovchi omillar bilan bog’liq bo’lgan talab tahlilining asosida iqtisodiyotda talab va taklifning dinamik muvozanati shartlari oydinlashadi. O’sishni boshqaruvchi strategik o’zgaruvchi bo’lib investistiyalar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |