O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti menejment fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi mavzu


O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro ta’siri


Download 81.05 Kb.
bet3/4
Sana14.11.2023
Hajmi81.05 Kb.
#1772673
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish

3. O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro ta’siri.
Hammamizga ma’lum, iqtisodiy o’sish faqatgina shu malakat uchun muhim emas. Uning barqaror yoki sifatli bo’lishi uning yonidagi davlatlarga ham juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum bir mintaqadagi davlatlarining iqtisodiy holati bir-biriga doimo ta’sir qilib turadi. Markaziy Osiyo ham shu kabi bir mintaqa hisoblanadi. Bu mintaqada asosiy beshta davlat va katta iqtisodiy potensialga ega bo’lgan davlat Rossiya o’zaro hamkorlik qiladi. Keling avval ularning biri-birlariga iqtisodiy o’sish orqali ta’sirini ko’rib chiqishdan oldin, ularning mintaqada tutgan o’rni va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqsak.
Markaziy Osiyodagi eng yirik va iqtisodiy salohiyati katta bo’lgan davlat bu- Qozog’iston , undan keyingi o’rinda O’zbekiston, Turkmaniston. Qirg’iziston va Tojikiston hisoblanadi. Ular mintaqada o’ziga xos integratiya hosil qilishgan va o’zlarning o’rinlariga ega. Har bir davlat mintaqaviy YAIMga o’z ulushini qo’shadi. Bu ko’rsatkichlarni oydinlashtirish uchun rasmiy ma’lumotlarga nazar solsak. Quyidagi jadval ularning yillik YAIM o’sishini % larda aks ettiradi:
Ko’rinib turibdiki, mintaqada Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekiston real YAIM o’sishi bo’yicha ancha oldinda. Bundan tashqari mintaqa iqtisodiy jihatdan jahon hamjamiyatida o’ziga xos ahamiyatga ega. Ulkan neft va gaz zaxirasiga ega bo’lgan mintaqada jahon narxining hozirgi darajada o‘sishi Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekisonga iqtisodiy o‘sish uchun real imkoniyat berishi mumkin, deb xulosa qiladi Standard & Poor's agentligi. Biroq bu xamirdan qil sug‘urgandek oson kechmaydi. Bu borada o‘ziga yarasha shart, talablar bor.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi energiya zaxirasi butun dunyoda aniqlangan neft va gazning 3 foizini tashkil etadi. Mintaqa aholisi esa dunyo aholisining atigi 1 foiziga to‘g‘ri keladi! Raqamlarga tayanib, energiya resurslari narxining oshishi mintaqa uchun katta sakrashga asos bo‘lishi mumkin deydi mutaxassislar.
Neft va gaz juda ham qadrli bo‘lib turgan bir paytda undan foydalanib qolish kerak, albatta. Biroq baribir energiya manbalaridan samarali foydalanish, ularni qayta ishlash, xususan, qashshoqlikni kamaytirish uchun katta sarmoya kerak bo‘ladi.
Boz ustiga, energiya resurslarini o‘zlashtirish jarayonida bozor qoidalariga amal qilinmasa, yuzaki qaraganda, o‘sish bo‘lib tuyulgan holat amalda inqirozga yetaklaydi. Shu ma'noda baribir iqtisodiy tizimni erkinlashtirish (liberallashtirish), mintaqa davlatlari o‘rtasida ochiq savdo-iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik energiya zaxiraga ega davlat. Ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat yiliga 60 milliard kubometrgacha tabiiy gaz qayta ishlash salohiyatiga ega. Uning salmoqli qismi (har yili o‘rtacha 8-9 milliard kubometr) Rossiya tomonidan sotib olinadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, mintaqada O’zbekiston katta iqtisodiy salohiyatga ega davlat . Buni biz ohirgi yilllar uning iqtisodiy o’sishda erishgan yutuqlarida ko’rishimiz mumkin.
Yildan yilga o’sish yiriklashib bormoqda. Yaqinda bu boradi mamlakatimiz yakka yetakchilik qilishi mumkin.
O’zbekiston YAIM o’sishi qo’shni respubliklarga qanday ta’sir qiladi, ularning o’zaro ta’siri qanday? Markaziy Osiyo davlatlarining kelajakdagi iqtisodiy o’sishi qanday bo’ladi? Bu kabi savollarga javob topish uchun tahlil natijalari va ba’zi bir faktlarga murojaat qilamiz.
“Research of Great Silk Way” tadqiqot markazining olimlari J Hopkins (AQSH), Upsals (Swiss programm) va Kavkaz ekspertlarining tahlili bo’yicha Markaziy Osiyoga quyidaghicha prognoz berilgan:
Markaziy Osiyo davlatlari guruhga bo’linadi: Neft-gaz eksportyorlari (Qozog’iston va Turkmaniston) hamda ishlab chiqaruvchi mamlakatlar (O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston). 1-guruh davlatlar hozirda neft-gaz mahsulotlari eksportini kuchaytirmoqda. -guruh davlatlari esa ishlab chiqarishni rivojlantirish yo’lidan bormoqda. Shu sababli Markaziy Osiyoda to’la eksport aholi jon boshiga 588 $ ni tashkil qilmoqda. Yildan yilga xom-ashiyo yetishtirish va eksport hajmi oshib boryapti.
Kambag’allik darajasi ancha yuqori. Bu muammoni hal qilish lozim. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy ahvolini farovonlashtirish maqsadida bir guruh olimlar ish olib bordilar va quyidagi prognozni berdilar.
Yuqoridagi ikki guruh davlatlari oldida quyidagicha islohotlar o’tkazilishi dolzarb bo’lib turibdi. 3 iqtisodiy perespektivaga taklif:
  1. Qat’iy shart-sharoitlar asosida siyosiy va iqtisodiy islohotlar o’tkazish;


  2. Sanoat raqobarbardoshligini o’stirishning milliy strategiyasini yaratish;


  3. Mintaqaviy hamkorlikning yo’lga qo’yilishi;


  4. Sanoat sektori potensiali va darajasini oshirish.



Aholi boshiga YAIM 889-1871 $ gacha ko’tariladi xolos. Ishlab chiqarish eksporti hozirgi 800mln $ dan 518mln $ gacha ko’tariladi va O’zbekiston mintaqada lider bo’lishi mumkin.
Ssenariy : Barcha yuqoridagi 4 shart ham intensiv ravishda rivojlansa, o’rtacha YAIM o’sishi yiliga 6-7 % ( O’zbekiston 6.3 %), eksport 1-ssenariyga qaraganda yuqori bo’ladi : aholi jon boshiga eksport hajmi 165 $ (O’zbekiston 154.2 $) bo’ladi. Kabag’allik darajasining pastligi bo’yicha esa Ozbekiston lider bo’ladi. Aholi jon boshiga YAIM 2015 $ dan kamaymaydi va 1 hamda -guruh davlatlari o’rtasidagi farq pasayadi.
Ssenariy 3 : agar juda ham pessimistik nuqtayi nazardan olib qaralsa, ya’ni hamma to`rtala shart ham bajarilmasa, ya’ni cheklangan mintaqaviy hamkorlik bo’lib, qattiq sanoat siyosati hamda mamlakatda o’rtacha ichki siyosiy barqrorlik o’rnatilsa, o’rtacha mintaqaviy YAIM o’sishi yiliga 5 % dan kam bo’ladi, 1-guruh davlatlarining neft-gazga bog’liqligi kuchayadi, iqtisodiy diversifikatsiyalashish templari pasayadi, ayniqsa, 1-guruhniki. Aholi jon boshiga eksport pasayadi, kambag’allik darajasi oshadi, aholi jon boshiga YAIM 1667$ga tushib ketadi (2015-yilga kelib).
Xulosa qilib aytish mumkinki, davlatlar hozirgi o’z yo’llaridan 1- ssenariy bo’yicha borsalar, aniq iqtisodiy foyda oladilar, davlatlar orasidagi farq ularning turli iqtisodiy strukturalari va xalqaro loyihalarni jalb qilishi oqibatida kattalashib ketadi.
Agar 3-ssenariy bo’yicha ketilsa, iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hankorlikda katta to’siqlar paydo bo’ladi.Agar -ssenariy bo’yicha rivojlansa, davlatlar iqtisodiy rivojlanishga va aholi farovonligining oshishiga erishadi.Yuqorida prognozlar ga qo’shimcha qilib keltirish mumkini, mintaqadagi 2015-yilgi o’sish davlatlar orasidagi farqni 4 martgacha kamaytirgan, tovarlar aylanishi 5.6 martagacha oshgan. Mintaqadagi iqtisodiy o’sish uning tempiga emas, sifatiga bog’liq. Agar faqat bir turdagi xom-ashiyo eksport qilinaversa, davlat YAIMsi ortishi mumkin, lekin, iqtisodiyotda bir tomonlamalik va katta pul massasida inflyatsiya yuzaga kelishi mumkin. Bu esa iqtisodiyotda « Gollandcha kasallik »ka sabab bo’ladi.
Shuning uchun Rossiya va Qozog’iston o’zlarining neft-gaz eksportidan tushgan qo’shimcha foydasini « STAFF FOND » ga tashlab, ularni samarali ishlatmoqdalar. Bu narsa O’zbekistonda ham yo’lga qo’yilgan. (« O’zbek fondi »).

Xulosa
Yuqoridagi ma’lumotlar va tahlil natijalarini xulosalab shuni aytish mumkinki, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o`sishi faqatgina ekstensiv ravishda davom etmasdan, intensiv tarzda rivojlanib borsa aholi farovonligiga hamda uning har tomonlama rivojiga katta ta’sir ko`rsatadi.
Yuqorida ko`rilgan barcha iqtisodiy modellar ayrim makroiqtisodiy parametrlarni o`zgarmas deb olganligi sababli to`laqonli to`gri deb aytish qiyin, shunday bo`lsada bu modellar asosiy holatni ko`rsatib berishga qodir, iqtisodiy o`sishdek murakkab jarayonni tavsiflash qiyin, albatta.
Jaxondagi rivojlanayotgan mamlakatlarning butun jaxon YaMMsidagi hissasi ortib borayotganligi butun dunyo bo`ylab iqtisodiy tenglik ortib borayotganligini anglash darkor.
Yuqorida ko`rib chiqilgan mamlakatlar : Rossiya, Malayziya va O`zbekiston davlatlari katta iqtisodiy potensialga ega ekanliklari hamda geopolitik jihatdan har tomonlama qulay joylashganliklari iqtisodiy islohotlarning to`g`ri olib borayotganliklari ularning keljakdagi rivojlari uchun ham turtki bo`lishi aniq.
Iqtisodiy o`sishning asosiy muammolari bo`lmish resurslar taqchilligi, investitsiya kirib kelishining kamligi hamda ishchilar va texnologiyalar sifatini oshirish masalalarini yechish orqali barcha mamlakatlar o`z salohiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy o`suvchilar toifasiga kirishi mumkin.
Masalaning asl mohiyatiga kelsak, agar biror bir davlatda iqtisodiy o’sish yuz berib, YAIM oshib borsa, u qo’shni mamlakatlar iqtisodiga quyidagicha tas’ir qiladi :


  • iqtisodiy o’sish oqibatida ichki yoki mintaqaviy talab tufayli qo’shni mamlakatlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilinishi mumkin ;


  • qo’shni mamlakatlar ixtisoslashgan mahsulotlarni ichki talab tufayli ko’proq import qilib, ularga iqtisodiy foyda olib kelishi mumkin ;


  • integratisiyalashish jarayoni tezlashadi ;


  • mintaqadagi resurs( yoqilg’i, suv va boshqalar)lar intensiv yo’l bilan ishlatiladi ;


  • yuqori talablarga javob beradigan bozor tuzilmasi shakllanadi ;


  • mintaqaviy yoki xalqaro hamkorlik orqali yangi mahsulotlar(brendlar) kashf qilinadi ;


  • qo’shni mamlakatlarga investitsiya kiritish hajmi ham ortib boradi.


Yuqoridagi omillardan xulosa chiqargan holda O’zbekiston mintaqviy va o’z ichki imkoniyatlaridan intensiv foydalanib, mamlakat iqtisodiyotini farovonlashtirishi mumkin. Bu esa nafaqat biz uchun, balki qo’shni davlatlar iqtisodiyoti uchun ham foydali hisoblanadi.


Hozirgi iqtisodiy inqiroz barcha mamlakatlariga xavf solib turgan bir paytda iqtisodiy o`sish jarayonlari ancha sekinlashgan bo`lsada, ayrim mamlakatlar uchun inqirozning ijobiy oqibatlarini ham tan olishimiz darkor. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiy inqiroz sharoitida ancha zarar ko`rganiga qaramasdan, o`zining nechog`lik iqtisodiy islohotlar to`g`ri yo`lga q`yilganligini, “Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli” o`zini to`laligicha oqlayotganligi dunyo mamlakatlari tomonidan ham tan olinmoqda. Bu esa o`z navbatida Xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga ishonchlari ortib, katta miqdorda investitsiyalar kiritayotganliklari fikrimizning yaqqol dalilidir.
O`zbekiston iqtisodiy sharoitida ko`p ukladli iqtisodga asoslangan holda iqtisodning barcha jabhalarini rivojlantirish hamda maxsulot va xizmatlar bozorida raqobatni oshirish maqsadida geografik qulay joylashganligi sababli tashqi savdoni kengroq ochib berish, ayniqsa, yuqorida ta’kidlab o`tilganidek qo`shni davlatlar bilan aloqani kuchaytirish uzoq muddatda davlatimiz rivojiga katta hissa qoshishi tayin.


Download 81.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling