O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 22.94 Kb. Pdf ko'rish
|
B va I ARX
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTE SIRTQI BO`LIM 663-21 QMB VA KICH GURUHI TALABASI ACHILOVA DILDORANING BINO VA INSHOOTLAR ARXITEKTURASI FANIDAN FUQARO BINOLARINI LOYIHALASH ASOSLARI. LOYIHALASH TURLARI, LOYIHALASHDA QO`LLANILADIGAN ELEMENLAR MAVZUSIDA TAQDIMOTI Reja: 1. Turar-joy binolarining klassifikatsiyasi 2. Kvartirali turar-joy binolari 3. Foydalanilgan adabiyotlar Funksional mo‘ljallanishiga qarab turar joy binolari SHNK 2.08.01-19 “Turar joy binolari” qoidalari va meyorlari asosida kvartiralar (xonadonlar) va ixtisoslashtirilgan turar joylar (yotoqxonalar, mehmonxonalar va maxsus mo‘ljallangan (qariyalar uylari, mehribonlik uylari, nogironlar uchun mo‘ljallangan uylar va x.k. lar) yashash joylariga ajratiladi va me’yoriy hujjatning tegishli bo‘limlarida qo‘yilgan talablarni hisobga olgan horlda loyihalanadi va qurilishi amalga oshiriladi. Kvartirali (xonadon) uylar turli xil tarkibga ega bo‘lgan oila azolarining yashashi uchun mo‘ljallanadi. Ixtisoslashtirilgan turar joylar YOtoqxonalar turli xil tabaqalarga mansub jamiyat azolarining uzoq muddatli davrda yashashi uchun mo‘ljallanadi. Maxsus mo‘ljallangan yashash joylari esa doimiy tizimli qarovga muxtoj bo‘lgan jamiyat azolarining doimiy yashashi uchun mo‘ljallanadi. Mehmonxonalar turli xil tabaqalarga mansub jamiyat azolarining qisqa muddatli davrda yashalari uchun mo‘ljallanadi. O‘zbekiston Respublikasida turar joy binolarini loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “SHaxarsozlik normalari va qoidalari” SHNK 2.08.01-19 “Turar joy binolari” qoidalari va meyorlari asosida olib boriladi. Hozirgi vaqtda turar joy binolarini loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish takrorlanuvchi loyihalarni qo‘llash va ishlab chiqarishni industrlashtirish asosida amalga oshirilmoqda. Turar joy binolarining asosiy turi bu - kvartirali turar joylardir. SHNQ 2.08.05-19 “Turar-joy binolari” bo‘yicha kvartirali turar joy binolarining quyidagi turlari mavjuddir: - bir oilali (bir kvartirali), er uchastkalarida alohida turuvchi; - juftlangan, 2 va undan ko‘p kvartirali, har biridan kvartira qoshidagi er uchastkasiga bevosita chiqiladi ; - ko‘p kvartirali (bir-va ko‘p seksiyali, galereyali, seksiyali galereyali, seksiyali yo‘lakli (koridor)). Bir va kam qavatli alohida er maydoni uchastkasiga ega (doma usadebnogo tipa) bo‘lgan kam qavatli turar joy binolari asosan qishloq aholi punktlari va shahar tipidagi yashash joylari (posyolkalar) uchun loyihalanib, qurilish ishlari amalga oshiriladi. Alohida er maydoniga ega bo‘lgan kvartirali turar joy binolari qavatlar soni bo‘yicha bir qavatli va kam qavatli, kvartiralar soni bo‘yicha bir, ikki va ko‘p kvartirali tarzda loyihalanadi. Zamonaviy kam qavatli turar – joy binosi Alohida er maydoniga ega bo‘lgan kvartirali turar joy binolarini ularni loyihalashga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda alohida, turkumli yoki bloklashtirilgan holda loyihalash mumkin. Kam qavatli turar – joy binosi. 1-umumiy xona; 2-yotoqxonalar; 3- oshxona; 4-ayvon; 5-xojat va yuvinish xonasi. Ko‘p qavatli alohida er maydoni uchastkasiga ega bo‘lmagan turar joy binolarini loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish esa katta shaharlar uchun xos va mos sanaladi. Ularda yashovchi va istiqomat qiluvchi aholining dam olishi va hordiq chiqarishlari uchun turar joy binosi loyihalangan va qurilgan hududda alohida ko‘kalamzorlashtirilgan umumfoydalanish joylari (dam olish joylari, bolalar o‘yin maydonchalari va x.k.lar) loyihalanadi. Ko‘p qavatli turar joy binolari SHNQ 2.08.05-19 “Turar-joy binolari” bo‘yicha quyida keltiriladigan turlarda loyihalanadi va qurilish ishlari amalga oshiriladi: - seksiyali; - koridorli; - galereyali. Seksiyali turar-joy binolari loyihalanishiga qarab bir seksiyali, ko‘p seksiyali va seksiyali-koridorli turlarda loyihalanadi. Hozirgi kunda ko‘p qavatli turar joy binolarini loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda seksiyali turga mansub bo‘lgan, namunaviy loyihalarga ega bo‘lgan turar joy seksiyalardan tashkil topuvchi bino turlaridan keng miqdorda foydalanilmoqda. Seksiya - bir zinapoya xonasi (yoki qutisi) da joylashgan kvartiralar to‘plamini tashkil etadi. Ko‘p qavali turar joy binolari loyixalanishiga qarab bir seksiyali, ikki seksiyali va ko‘p seksiyali tarzda loyixalandi. Seksiyalarning o‘zaro tarzda bir-biriga nisbatan joylashuvi turar joy binosining tashqi ko‘rinishini, salobatini va uning estetik ko‘rinishini belgilab beradi. Seksiyalarni bir-biriga nisbatan joylashtirishning bir seksiyali vertikal hamda ko‘p seksiyali gorizontal usullari mavjuddir. U yoki bu turdagi seksiyalarni joylashtirish usulini tanlash shahar miqyosida barcha turdagi binolarni joylashtirish, xizmat ko‘rsatish obektlarining radiuslari, shahar arxitekturasida landshaft masalalarining echilishi va x.k. faktorlarga bog‘langan holda aniqlanadi Seksiyali turar joy binolari turlari a)-bir seksiyali koridorli; b)- ko‘p seksiyali. Koridor turidagi turar joy binolari buylama va tik yo‘nalishdagi kommunikatsion xonalarni bir-biri bilan bog‘lashda effektiv echimlarga ega bo‘lgan turar joy binolaridan sanaladi. Ikki seksiyali kam qavatli turar joy binosi. Galereyali turda loyihalanadigan va quriladigan turar joy binolarida tik yo‘nalishdagi kommunikatsion xonalar buylama yo‘nalishda ochiq holatda loyihalangan yulaklar galereyalar bilan birgalashib ketadi. Galereyali turdagi turar joy binosi Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining 22.02.2021y. O‘RQ-676-son Qonuni bilan tasdiqlangan 2. Vilchik N.R. Arxitektura zdaniy. Uchebnik. Izdatelstvo.INFRA-M – Moskva 2018 g. 3. L.A. Shereshevskiy. Konstruirovanie grajdanskix zdaniy. Moskva. Arxitektura- S. 2019 g. 4. SHNQ 2.08.01–19. Turar–joy binolari. Toshkent, 2019 y. WWW.google.uz WWW.lex.uz WWW.JIzpi.uz Download 22.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling