O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va pedagogika fakulteti


II. BOB. ZAMONAVIY BOSHQARUVNING MA’NAVIY-MA’RIFIY JIHATLARI VA UNING TAHLILI


Download 0.92 Mb.
bet6/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1798822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
“O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi tizimining shakllanishi va rivojlanib borishi”

II. BOB. ZAMONAVIY BOSHQARUVNING MA’NAVIY-MA’RIFIY JIHATLARI VA UNING TAHLILI
II.1. O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi tizimi
 Davlat shakli tushunchasi davlatshunoslikning eng muhim, sermazmun xususiyatlaridan biridir. Huquqshunos Ivan Ilin shu munosabat bilan quyidagilarni ta’kidlagandi: «Bu murakkab va g‘oyat mas’uliyatli masalani ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur.
Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga befarq qaraydigan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalqning jonli tashkilotidir. Xalq o‘z hayot tarzini tushunishi, aynan «shunday» tashkillanishini uddalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy hissasini qo‘shishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli xuquqiy ongi davlat shaklini ro‘yobga chiqaradi, unga hayot, kuch baxshida etadi; binobarin, davlat shakli eng avvalo xalq xuquqiy ongi darajasiga, xalq tomonidan to‘plangan tarixiy siyosiy tajribaga, uning iroda kuchi va milliy xarakteriga bog‘liq».
I.Ilvinning bu fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q. Haqiqatan ham mabodo biron kishi o‘yin qoidalarini bilmasa, o‘yin rejasini taqdim eta olmasa va umuman o‘ynashni xoxlamasa, bunday odamni shaxmat o‘ynashga majbur qilish hech kimning hayoliga ham kelmaydi-ku.
Bir jamoada birga o‘ynamagan o‘yinchilardan tuzilgan futbol komandasi o‘yinni boy berishi turgan gap.
Tarixchilarning shohidlik berishicha, buyuk sarkarda Amir Temur bo‘lajak jang qanday borishi kerakligi, uning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirar, shuning uchun hech qachon mag‘lubiyat alamini totmagan ekan.
Siyosiy hayotda ham shunday: jonli odamlar tomonidan ularning vatanparvarlik muhabbati bilan, ularning davlat tushunchasi bilan, ularning burchga sadoqati, tashkiliy ko‘nikmalari bilan, ularning qonunga xurmatlari bilan yaratiladi. Bularning hammasini insonda tarbiyalash kerak. Binobarin, davlat shakli haqida faqat xalq huquqiy ongi darajasini va olingan ko‘nikmani hisobga olgan holdagina gapirish zarur.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling