O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
BOSHQARISH DASTURINI TAYYORLASH METODLARI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
BOSHQARISH DASTURINI TAYYORLASH METODLARI BD ni ishlab chiqish SDB dastgohlarida detallarni tayyorlash jarayonining eng muhim tarkibiy qismidir. BD ni tayyorlash texnik sharoitlarida detallarni qaysi SDB dastgohida tayyorlash, qanday texnologik hujjatlarni o`z ichiga olishi va boshqalar ko`rsatiladi. BD ni tayyorlash jarayonida turli xil texnologik axborotlarni qayta ishlanadi va bularning hammasi texnologik hujjatlarda o`z aksini topadi. Texnologik hujjatlar deganda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun kerakli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan matnli va tasvirli hujjatlar majmuini tushuniladi. BD ni ishlab chiqishda foydalaniladigan hujjatlarni uchta guruhga bo`lish mumkin: ma’lumotli, dastlabki va yo`ldosh. Ma’lumotli hujjatlar tarkibiga SDB dastgohlari, kesuvchi, o`lchovchi va yordamchi asboblar, moslamalar, ishlov beriladigan materiallar kartotekalari, kesish maromlari me’yornomalari, dopusk va o`tqazishlar jadvallari, BD ni hisoblash, kodlashtirish, yozish, tekshirish va tahrirlashga oid yo`riqnomalar, SDB dastgohlarida ishlov berishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo`yicha uslubiy materiallar kiradi. SDB dastgohlari kartasida dastgohning texnik ko`rsatkichlari qisqa yoziladi. Kesuvchi asbob kartasida dasturlash jarayonida kerak bo`ladigan asbob haqida ma’lumotlar batafsil yoziladi. Moslamalar kartasida moslamaning texnik ko`rsatkichlari yoziladi. Ishlov beriladigan materiallar kartasida kesish maromlarini tanlashda foydalaniladigan texnologik hususiyatlar yoziladi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga dasturlashga topshiriq, yo`nalishlar yoki amalli-yo`nalishlar kartasi, homaki detal chizmasi va detalning ishchi chizmasi kiradi. Yo`ldosh hujjatlar tarkibiga detallar kartasi va amallar bo`yicha chizmalar, dastgohni va asboblarni sozlash kartasi, amal hisob-texnologik karta (HTK) si, asboblar traektoriyasining eskizlari va BD ni tekshirish jarayonida olingan grafigi, hamda BDni tadbiq qilish dalolatnomasi kiradi. Amallar kartasida detalni tayyorlash texnologik jarayonida ishlatiladigan dastgoh, kesuvchi, o`lchovchi va yordamchi asboblar, o`tishlar bo`yicha kesish maomlari aks ettiriladi. Amal HTK si BD ni qo`lda tayyorlashda ishlatiladi va unda dasturning «qo`lyozmasi» aks etadi: amalni bajarish ketma-ketligida traktoriya tayanch nuqtalarining nomerlari, kordinatalari va orttirmalari; surish tezliklari; shpindelni aylanish tezliklari; shpindelni aylanish tezligi va yo`nalishi; korrektorlarning nomerlari va texnologik buyruqlar. BD matni(chop etilgan) ma’lumotlarni tasmaga yozish qurilmasida perfolenta tayyorlash bilan bir vaqtda chop etiladi. BD ni tadbiq qilish dalolatnomasi yakuniy hujjat bo`lib, tayyorlangan BD bo`yicha bir yoki bir necha detallarga sinash ishlovi natijalarini aks ettiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling