O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti iqtidorli talaba qizlar uchun Hayitova Olmaxon Sayidovna nomli stipendiya tayinlash to ‘g‘risida n I z o m navoiy 2023
nomzodlarni saralash bosqichlari va tartibi
Download 119.3 Kb. Pdf ko'rish
|
О Хайитова номли стипендия низоми
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqichda
- Yakuniy bosqich
nomzodlarni saralash bosqichlari va tartibi
Universitetda tahsil oluvchi iqtidorli talaba qizlarni aniqlash va ularga “ Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiyani tayinlash 3 bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich - mutaxassislik kafedralarida har bir yo‘nalishlardan o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan talaba qizlarning hujjatlarini kafedralarning tajribali professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan saralanadi hamda fakultet tashkiliy qo‘mitasiga taqdim qilinadi. Ikkinchi bosqichda har bir fakultet 1 nafardan nomzodni, universitet tashkiliy qo‘mitasiga tavsiya etishlari shart. “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiyani tayinlash uchun nomzodlar ko‘rsatish fakultet kengashi tomonidan, talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatlarini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bosqich - fakultetlar taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari Tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va universitet ilmiy Kengashiga taqdim etiladi. Universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari, kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat Tashkiliy qo‘mita tarkibi universitet rektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiya uchun talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun fakultet kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 1. Pasport (ID karta) nusxasi; 2. Ma’lumotnoma (obyektivka); 3. Transkript (fakultet dekani imzosi va muhri bilan tasdiqlangan); 4. Dekanat va kafedra tavsiyanomasi; 5. Ilmiy rahbar xulosasi 6. Ilmiy (ijodiy) ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari; Xalqaro, Respublika va viloyat miqyosidagi tanlovlarda erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi. “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiyasi uchun nomzodlar o‘z ona tilidan tashqari kamida bitta xorijiy tilni (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), Axborot texnologiyalaridan savodxonligi hamda O‘zbekiston tarixini bilishlari talab etiladi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari sohiblari ishtirok eta olmaydi. Barcha hujjatlar jildga tikilgan holda taqdim etiladi. Muqovada talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi. “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiya uchun fakultetlar tasarrufidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari (bakalavr - 2,3,4 kurslar) talaba qizlari ishtirok etishlari mumkin. “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiya uchun kafedra bosqichida g‘olibliklikni qo‘lga kiritgan nomzodlar fakultet bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi. Fakultetlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari ko‘rib chiqilib universitet tashkiliy qo‘mitasiga quyidagicha tavsiya etadilar: 1. Kimyo-metallurgiya fakultetidan - 1 nafar; 2. Konchilik fakultetidan - 1 nafar; 3. Energo-mexanika fakultetidan - 1 nafar; 4. Qishloq xo‘jaligi fakultetidan - 1 nafar; Mutaxassislik kafedralari va fakultet bosqichlarida tanlov o‘tkazish stipendiya birinchi yil joriy etilayotganini inobatga olib, istisno tariqasida universitet o‘quv grafigi asosida 20-30 yanvar, fakultetlar taqdim qilgan talabgorlarning hujjatlarini universitet Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan 1-10 fevralgacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqib xulosa beriladi. Keyingi tanlovlar esa har o‘quv yili oxiri natijalariga ko‘ra tanlov 1-20 iyun kunlarida o‘tkaziladi. Yakuniy bosqichda tavsiya etilgan nomzodlarning yig‘ma hujjatlari universitet Kengashida muhokama qilinib, Kengash qarori bilan stipendiya tayinlash amalga oshiriladi. Universitet rektorining “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiyasini tayinlash haqidagi buyruq universitet Kengashining qarori asosida ishlab chiqiladi. “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiya birinchi yil joriy qilinayotganligi sababli istisno tariqasida 2023-yilning bahorgi semestridan bir semestr davomida, keyingi o‘quv yilidan boshlab bir o‘quv yili davomida talabalar uchun belgilangan bazaviy stipendiya miqdorining bir barobari miqdorida har oyda qo‘shimcha stipendiya to‘lab boriladi. “Hayitova Olmaxon Sayidovna” nomli stipendiya universitet byudjetdan tashqari mablag‘lari va xomiylik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Stipendiyalarni yangi muddatga qaytadan tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi. Bunda oldingi yillarda g‘olib bo‘lgan takroran ishtirok etayotgan nomzodning oldin taqdim etgan hujjatlari inobatga olinmaydi. Download 119.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling