O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.91 Mb.
|
kasb
E.A.Klimov insonning tabiat bilan munosabatga kirishishga moslashgan kasblarni bionik mutaxassisligi, insonning texnika bilan munosabatda bo‘lishi natijasida yuzaga keluvchi kasblarni texnika mutaxassisligi, insonning inson bilan muomalasi orqali vujudga kelgan kasb - hunarlarni sotsionomik mutaxassisligi va nihoyat insonni badiiy obrazlar yaratishga undovchi kasblarni artonomik mutaxassisligi deb ataydi. Oddiyroq tilda ifodalaganda: a) insonni tabiatga xizmat qildirishga mo‘ljallangan kasblar; b) insonni texnikaga xizmat qildiruvchi kasblar; v) insonni inson xizmatiga moslashtirilgan kasblar; g) insonni badiiy obrazlar ustida ishlashga undovchi kasblar singari turlarga ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifi mavjud barcha kasblarni birma - bir sanab o‘tishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaganligi sababli, ularning ko‘pchiligi o‘z ifodasini topmagan. Kasb tanlashga yo‘llanma berish va uni tashviqot qilishning usullaridan biri - ko‘rgazmali vositalar, fotostendlar, kitoblar ko‘rgazmasi, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulotini namoyish qilish, naqqoshlar ijodiy faoliyatining mahsulotini namoyish qilish, naqqoshlar va texnika to‘garagi ishlarini ko‘rgazmalarga qo‘yishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish mumkin. O‘spirinlarda hosil bo‘ladigan praksik (lazzatlanish, rohatlanish) hislar kasbga mehrini oshiradi va unga nisbatan mustahkamlaydi. Psixolog G.Davletshin kasb tanlashni uch bosqichdan kelib chiqqan holda (kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish) shaxsning kasb - hunarga yaroqliligi (layoqati)ning ichki tomonlarini ochishga harakat qiladi:a) kadr tanlash davrida shaxsning umumiy yaroqliligi (layoqati);b) kasb- hunar tanlashda uning qaysi kasb turiga loyiqligi;v) kasbga o‘rgatishda shaxs sifatlarini shakllantirish imkoniyatiningmavjudligi haqidagi savollarga javob olishga intiladi.
Maktab (qaysi turdaligidan qat’iy nazar) ma’muriyati, sinf rahbarlari, amaliy psixolog va kasbga yo‘llovchi fan o‘qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. Shuningdek, bu muammoga taalluqli ishlar, tadbirlar izchil amalga oshirilib turilishi, ularning ta’sirchanligiga e’tiborning ortishi tufayli o‘quvchi yoshlar orasida bu sohada tasavvur ko‘lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy masala sifatida qabul qilinishi uning qiymatini ko‘taradi. 1 Sinf rahbarining ota - onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi. Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruhli hamkorlikni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qilsa, yuqori ko‘rsatkichga erishish mumkin: o‘quv fanining kasb tanlash bilan bog‘liqligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas, qobiliyat, iste’dod, kasbga yo‘llashning asosiy maqsad va vazifalari, professiogramma (professografiya) mohiyati, kadrlarga va mutaxassislarga nisbatan ehtiyoj darajalari, kasbning ijtimoiy ahamiyati, layoqatining umumiy va xususiy ko‘rinishlari, o‘quvchilarning individual xususiyatlari, kasb tanlashning ilmiy manbalari, maktab psixologining bu sohadagi funksiyasi va boshqalar.0 2 O‘quvchilarni kasb tanlashga o‘rgatishda o‘qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi Alohida olingan fan o‘qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari jamlanmasi hamkorlik ish rejasida kasbga yo‘llash masalasining izchil ravishda qo‘yilishi, har bir mavzu bo‘yicha mulohaza almashishda, qaysi fan bo‘lishidan qat’iy nazar ixtisosga oid bilimlarga e’tibor berilishi kasbiy tasavvurni vujudga keltiradi. Kasb-hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, mustaqil bilim olishga ishtiyoq paydo bo‘ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar o‘tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va motivatsiyalarni takomillashtiradi, moyillik tuyg‘usini uyg‘otadi. 3 Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki. Yoshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustuvorligi, o‘quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste’dodlarning saralanishi, mukofotga tortilishi, moddiy va ma’naviy taqdirlanishi kabilar. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling