O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiyot fanidan birinchi mustaqil ta’lim bo`yicha tayyorlagangan hisobot tayyorladi


Download 21.59 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi21.59 Kb.
#1293081
Bog'liq
Makroiqtisodiyot F.Dilshod


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


MAKROIQTISODIYOT FANIDAN BIRINCHI MUSTAQIL TA’LIM BO`YICHA TAYYORLAGANGAN HISOBOT

Tayyorladi: Fayziboyev Dilshod
Topshirilgan sana:
Qabul qildi:

TOSHKENT 2023
Reja:

1. Shimoliy Makedoniya davlati haqida ma’lumot.
2. Asosiy Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.
2.1 Ishsizlik darajasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
2.2 YaIM mahsulot makroiqtisodiy ko’rsatkich va uning tahlili.
2.3 Inflatsiya makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili.
2.4 Aholi jon boshiga YaIM
3. Xulosa.

1. Shimoliy Makedoniya davlati haqida ma’lumot.
Shimoliy Makedoniya, rasmiy nomi Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Poytaxti — Skopye shahri Maʼmuriy jihatdan 30 tuman (rayon)ga boʻlinadi. Pul birligi — denar. Janubi-Sharqiy Yevropadagi dengizga chiqa olmaydigan davlat. U shimoli-g'arbda Kosovo, shimolda Serbiya, sharqda Bolgariya, janubda Gretsiya va g'arbda Albaniya bilan quruqlikda chegaradosh.
Davlat tuzumi: Makedoniya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 17 noyabrda qabul qilingan, 1992-yil 6 yanvarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligi — prezident (1999-yildan Boris Traykovskiy), umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan fukarolar tomonidan 5 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat — rais va vazirlardan iborat hukumat.
Xo`jaligi va sanoati: Makedoniya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 55,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 16,8 %. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo-farmatsevtika sanoati, konchilik rivojlangan. Polimer, ayrim turdagi stanoklar, sanoat asbobuskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtodetallar, sovitkichlar ishlab chiqariladi. Binokorlik ashyolari, oʻtga chidamli materiallar, shisha, chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tamaki sanoati, vinochilik rivoj topgan. Yiliga 5,8 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlanib borayotgan mamlakat hisoblanadi.
Makedoniya Respublikasida dehqonchilik boshqa sohalarga qaraganda ko`proq rivojlangan. Tamaki, paxta, sezam, uzum, sabzavot va mevalar, oziq-ovqat ekinlaridan bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi ekiladi. Qoʻychilik va qisman, qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik bilan shugʻullaniladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sayyohlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.


2.1 Ishsizlik darajasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.

Makedoniyadagi ishsizlik darajasi 2016-yildan 2021-yilgacha o‘rtacha 19,1 foizni tashkil etdi va 2016-yilning birinchi choragida 24,5 foizni tashkil etdi va 2021-yilning to‘rtinchi choragida rekord darajadagi eng past ko‘rsatkich 15,20 foizni tashkil etdi. 2017-yil oxiri va 2018-yil boshida bu ko`rsatkich mos ravishda 21,9-21,6 foizni, 2020-yilning boshida ishsizlik ko`rsatkichi 16,2 foizga tushgan. 2021-yil oxiriga kelib 15,2 foizni tashkil etgan. Yuqoridagi 6 yilning ishsizlik ko`rsatkichini grafikdagi ko`rinishini ko`ramiz.





Grafikda ko`rinib turibriki ishsizlik darajasi yildan yilga tushib borayabti.
Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling