O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 57.94 Kb.
bet5/9
Sana09.04.2023
Hajmi57.94 Kb.
#1346581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Oila jamoasini jipslashtirish metodikasi

4. Bola shaxsini oilada tarbiyalash.


Bolani sabru toqatga o‘rgatishning ham o‘rni, vaqti va me’yori bor. Ma’lumki ayrim kishilarning nojo‘ya va zararli xatti-harakatlariga ham ko‘r-ko‘rona sabru toqat qilaverish zaiflik belgisi.2
O‘zbek xalqi pedagogikasining bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganib, tahlil qilib, milliy tarbiyamizda quyidagi holatlarga e’tibor berish kelgusida komil insonni tarbiyalashga o‘zining ijobiy natijasini beradi, deb o‘ylaymiz;
- Bolani maishatga emas, balki ilmu ma’rifatga to‘ymaydigan qilib tarbiyalash kerak;
- Kishilarga beminnat, chin ko‘ngildan yaxshilik qilish fazilati ham bolalikdan, o‘qish jarayonida o‘zaro hamdamlik va hamjihatlikdan boshlanadi, shuni esdan chiqarmaslik kerak;
- Baqiroqlik, urishqoqlik ham kasallik, bu kasal, ko‘pincha bolalarga ota-onadan, kattalardan yuqishini unutmaslik kerak;
- O‘z farzandlarinigina pok bo‘lishini istasang, o‘zgalarning farzandlariga nopok nazar tashlamaslikdir;
- Zaminsiz giyoh o‘smaganidek, bolada ham sababsiz nosoz xulq paydo bo‘lmaydi:
- Boladagi iste’dod biz tarbiyachilardan alanga kutadi, agar biz uni alangalata olsin, u porlab nur bo‘ladi;
- Majlisni boshqara olish ham o‘ziga xos bir san’at bo‘lib, u kishining yoshligidagi jamoatchilik faoliyatining mevasidir;
- Bog’u-rog’larni rang-barang ko‘rkam daraxtlar, daraxtlarni esa zumrad yaproqlar bezaganidek, utsni bola, bolani esa ilmu hunar, odobi axloq bezaydi:
- Har qandan imkoniyating bo‘lsa ham, bola uchun boshqa bolalardan o‘zini ustun qo‘yishga sabab bo‘ladigan imtiyozlar berishdan saqlanish lozim;
- Bolaga ajoyib tarbiya bersang, u senga umr qo‘shadi, aks holda umringni qirqadi;
- Bolada yuqori nafosat bo‘lishi uchun, avvalo, uni o‘rab turgan muhit go‘zal bo‘lishi, bola esa tayyor go‘zallikning shunchaki tomashabini emas, balki go‘zallik bunyodkori bo‘lishi kerak;
- Bola kamolatidagi eng muhim narsa har bir ishni qilishdan oldin uning oqibatini o‘ylashga odatlantirishdir, chunki pushaymon kaltabinlik hosili;
- Davr bizni kechagi hayotga undayotgan va tezroq odim tashlashga qistayotganligini yosh avlod his etmog’i kerak;
Tarbiya nazariyasida yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi ijtimoiy, madaniy, siyosiy, mafkuraviy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan belgilanadi.
Milliy mustaqillik pedagogika - tarbiya haqidagi fanda ham keskin islohotlar zaruratini paydo qildi. Bu esa, o‘z navbatida, sovet tarbiya nazariyasida o‘rganilmagan «o‘quvchinqng milliy g’ururi», «O‘zbekiston o‘quvchisining vatanparvarligi», «o‘quvchining milliy odobi», «o‘quvchi milliy vijdoni», «o‘quvchining millatlararo muloqot madaniyati», «o‘quvchining milliy mafkuraviy ongliligi» kabi fazilat mezonlarini ilmiy asoslashni talab qilinadi. Zero bu:
- zamonaviy pedagogika fanining modellashtirish usulini samarali qo‘llash:
- tarbiya uslubiyati, texnologiyasi bo‘yicha pedagogika qo‘lga kiritgan ilmiy yutuqlardan foydalanish;
- jahon tarbiyaviy tajribalari namunalariga asoslanish;
- milliy tarbiyaviy fazilatlarning O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li talablaridan kelib chiqib belgilash;
- mezonlar mazmunida milliylik, ajdodlarga, zamondoshlarga hurmat, madaniy vorislik tamoyillarini saklash, rag’batlantirish;
- sistemalilik, komplekslilik, yaxlitlik, funktsionallik, shaxsiy xususiyatlarga asoslanuvchi yondashuvlar uyg’unligiga erishish uchun imkon yaratildi.
O‘quvchining o‘z faoliyatida, tuyg’uhissiyoti va boshqalarga qiladigan munosabatida namoyon bo‘ladigan sifatlari, xislatlari uning hayotda ko‘zlagan maqsadlari, niyatiga qarab yo ijobiy, yo salbiy mazmun kasb etadi. Shu sababli milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda o‘quvchilar xulq-atvori, niyatining ijtimoiy ma’naviy yo‘naltirilganligiga e’tibor berildi;

Download 57.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling