O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4-v guruh talabasi Safarniyozova Feruzaning “Pedagogik mahorat ” fanidan mustaqil ishi


Download 0.72 Mb.
bet4/10
Sana21.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1369024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Feruza . ped mahorat

Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, mas’uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‘yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirganlar.

  • Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, mas’uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‘yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirganlar.
  • Uyg‘onish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‘lajak murabbiylarga muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o‘tib, o‘z qimmatini yo‘qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini umumlashtirib, boyitib borishgan. Zero, insoniyat kelajagi va kurrai zaminning gullab-yashnashi faqat ta’lim va tarbiyaga bog‘liq ekanligini buyuk mutafakkirlar chuqur his qilishgan

Abu Nasr Forobiy (873-930) O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Forobiy arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni o‘rgatuvchi o‘qituvchini har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi.

  • Abu Nasr Forobiy (873-930) O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Forobiy arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni o‘rgatuvchi o‘qituvchini har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi.
  • Forobiy ta’limotiga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayoni tajribali va bilimli o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, chunki “har bir bola o‘zicha narsa va hodisalarni bila olmaydi hamda baxtga erisholmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim” .
  • Ta’lim va tarbiya berishda “...ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko‘ngilli bo‘lsa, shogird uni mensimay qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning fe’l-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan foydalanishi mumkin” deydi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling