II. Asosiy qism
1. Filips egri chizig’i va Fillips usulini qo'llashning o'ziga xosligi.
Empirik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bandlik va inflyatsiya o'rtasida juda yaqin bog'liqlik mavjud. Shunday qilib, inflyatsiya bandlikka sezilarli ta'sir ko'rsatadi: yuqori ishsizlik bilan inflyatsiya ko'pincha juda past darajada saqlanadi va aksincha. Ingliz iqtisodchisi A.Filips 1958 yilda talab inflyatsiyasining grafik modelini taklif qildi va uning yordamida ishsizlik darajasi va o'rtacha ish haqining o'sish sur'ati o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatdi. Fillips oʻz ishida 1850-1860 yillardagi Britaniya statistik maʼlumotlaridan foydalanib, ish haqining oʻzgarishi va ishsizlik darajasi oʻrtasidagi teskari bogʻliqlikni aks ettiruvchi egri chiziq qurdi (1-rasm):
Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin. Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan (1–rasm).
1-rasm. Qisqa muddatda Fillips egri chizig‘i
bunda,
u - ishsizlik darajasi;
W - ish haqining o‘sish sur’atlari.
Gorizontal o‘q bo‘ylab Fillips ishsizlik darajasi (unemployed - u) ni, vertikal o‘q bo‘yicha esa ish haqining o‘sish sur’atlari (W)ni belgiladi. Yuksalish davrida ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari va ishsizlikning past sur’atlari (W1; u1), davriy tebranishning pasayish fazasida esa aksincha, - ish haqining past va ishsizlikning yuqori sur’atlari (W2, ; u2) kuzatildi. O‘rtacha holat (W0; u0) ish haqi va ishsizlik sur’atlarining eng maqbul (optimal) barqaror iqtisodiy rivojlanish vaziyatini aks ettiradi. Ya’ni, bunday vaziyatda ikkala ko‘rsatkichning minimal darajasiga erishiladi. Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar (2- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |