1.2.1-Rasm. Fanning shakllanishi va fanlar bilan bog‘liqlik tizimi
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllanishini nazariy tomonlarini “Iqtisodiyot nazariyasi” fani o‘rgatadi. Tarmoq ichidagi bilvosita ishlab chiqarish va xizmat qilish ko‘rsatkichlarif, ularni belgilovchi omillar, mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi resurslardan oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari ularni hisoblash usullarini “Mikroiqtisodiyot” fani o‘rgatadi. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyot har bir mamlakatning geografik joylashish, mintaqaviy xususiyatlarining o‘ziga xosligi masalalari haqida etarli bilimga ega bo‘lish makroiqtisodiy tahlilni to‘g‘ri o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Makroiqtisodiy tahlilda mamlakatning eksport va import salohiyatini o‘zida aks ettiruvchi to‘lov balansi asosiy mavzulardan hisoblanib ushbu yo‘nalishning kengroq o‘rganadigan fan “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |