Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirigi
Download 28.61 Kb.
|
AMALIYOT SHARTNOMASI
1.KORXONA MAJBURIYATLARI:
1.1. “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali” amaliyotchi-talabalarini amaliyotni o‘tkazishlari uchun quyidagi joylar bilan ta’minlash zarur:
1.2. Talabalarga ishlab chiqarish amaliyoti dasturini bajarilishi uchun barcha shart – sharoitlarni yaratib berish, ularga amaliyot dasturida ko‘zda tutilmagan, mutaxassisligiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifa va lavozimlarni egallashlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak; 1.3. Talabalarga, ular sexlardagi laboratoriyalarda o‘tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari uchun malakali mutaxassislarni tayinlash; 1.4. Talabalar uchun amaliyot xonalarini tashkil etish; 1.5. Amaliyotchi – talabalarga amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun zarur xonalar bilan ta’minlash; 1.6. Tizimli ravishda kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun sohaga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan uchrashuvlar tashkil etish; 1.7. Talabalarga mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tkazish, korxona ichki tartib intizomi bo‘yicha tushunchalar berish; 1.8. “OʻzMU Jizzax filiali” bilan kelishilgan holda amaliyot o‘tkazish grafigiga muvofiq amaliyotchi – talabalarni, korxona bilan mukammal tanishtirish maqsadini qo‘llagan holda, ish joylariga taqsimlash; 1.9. Talabalar tomonidan sodir etilgan har qanday tartib buzarliklar, ishga chiqmaslik, korxonaning ichki tartib – qoidalarini buzish hollari yuz bergan taqdirda, oliy ta’lim muassasasiga darhol xabar berish; 1.10. Amaliyot davri yakuni bo‘yicha talabalarga tavsifnoma va xulosalar berish, eng tirishqoq, iqtidorlilarni aniqlash va ularni korxona (tashkilot) rahbariyati tomonidan taqdirlanishini tashkil etish. Download 28.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling