O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


Bayramga tayyorgarlik ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi


Download 0.64 Mb.
bet4/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1162762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
sPORT BAYRAMLARI

Bayramga tayyorgarlik ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Maktab sport bayramini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yoki shtab tashkillanadi; ularning a’zolariga aniq vazifalar topshiriladi; tarkibiga maktab direktori (rais), jismoniy tarbiya o‘qituvchilari; jismoniy tarbiya tashkilotchilari; sinf rahbarlaridan vakillar; jamoatchi tashkilotlarning vakillari; ota-onalar kengashi; maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashi vakillari hamda homiylardan vakillar va boshqalar kiritiladi.
Bayramni o‘tkazish muddati va vaqti belgilanadi.Bayramni o‘tkazish, tayyorlash rejasini tuzish musobaqa dasturlarini yozish va ishlash yo‘lga qo‘yiladi.Maktab pedagogika kengashida bayramni o‘tkazish rejasi, nizomlar va dasturlarni (ssenariyni) muhokamadan o‘tkaziladi.
Hakamlar kollegiyasini yuzaga keltirish, tayyorlash va ularni sinovdan o‘tkazib, hakamlik malakasiga baho beriladi.
Moddiy mablag‘larni aniqlash, bayramni o‘tkazish uchun mas’ullarni belgilash, sinflarni, sport seksiyalarning bayramdagi aniq vazifalari ko‘rsatiladi va musobaqa joyini tayyorlash-lozunglar yozish, bayroqlar tayyorlash, musobaqa jihozlari, turli xil bezaklar (gullar, emblemalar, rangli sharlar va x.k.)ni topish va jihozlashga tayyorlash.
Targ‘ibot va tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarni bayram dasturi bilan tanishtirish, bayramga bag‘ishlangan devoriy gazetalar chiqarish, sinf, maktab jismoniy tarbiya va sport burchaklarini bezash, lozung, shiorlar, fotovitrina, fotomontaj, fotoalbom va kino-video tasmalar namoyish qilish, ularni tayyorlash.
Bayramni ochilishi va yopilishi uchun ommaviy chiqishlar blokini tayyorlash. Turli xil ommaviy bajariladigan mashqlar, seksiya va krujoklarni faoliyatini namoyish qilish, ularni chiqishlarini tayyorlash.Bayram dasturidagi musobaqalarga sportchi o‘quvchilarni tayyorgarligini yo‘lga qo‘yish.

Bayramni o‘tkazilishiga barcha o‘quvchilarni qiziqtirish, sport formasini tayyorlash, maykalarga nomerlar yozish, emblemalar tikish, o‘zini sinfi yoki parallel sinflarni sport gimnlarini tayyorlashdek tashkiliy ishlar o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yilishi bayramni tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. Sinflarga tayyorgarlik yuklamasi teng taqsimlanishi, kichik yoshdagilar supurib sidirsa, o‘rta maktab yoshidagilar maydonni (zalni) jihozlaydi, katta yoshdagilar hakamlikka tayyorlanadi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling