O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


O`rta Osiyoning XVIII-XIX asr 1-yarmidagi shaxarsozligi


Download 0.99 Mb.
bet2/12
Sana29.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1401761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TARIX SLAYT

O`rta Osiyoning XVIII-XIX asr 1-yarmidagi shaxarsozligi.

Shahar va qishloqlarning mavqeyi, qiyofasi va boshqa jihatlari ularning Turkiston hududidagi karvon yo‘llar tizimida joylashganligidan kelib chiqadi. Odatda, biror sug‘orish tizimida bo‘lgan shahar va qishloqlar o‘zaro bog'langan yaxlit vohani tashkil qilgan. Masalan, Chirchiq daryosi tevaragidagi, shimoli-sharqda joylashgan Niyozbek qal’a (hozirgi Chirchiq shahari o ‘rnida) va janubi-g‘arbda Eski Qovunchi qishlog‘i (hozirgi Yangiyo‘l shahari) bilan chegaralangan hudud Toshkent shaharining dehqonchilik qilinadigan yerlari deb hisoblangan. Antik va undan keyingi davrlarda, odatda, bunday dehqonchilik vohalari uzun devorlar bilan o ‘ralgan.

Ko‘pgina shaharlar bo‘lib o‘tgan siyosiy-iqtisodiy inqirozdan keyin o‘zlarini tiklab oladilar. Yangi shaharlar ham barpo etiladi. Jumladan, Shahrixon XIX asrda vujudga kelgan shaharlardandir. Ba’zi shaharlar o‘zlarini kichikroq miqsiyosda o‘nglab oladilar. Ariqlar qazilib (masalan, tevaragidagi Xonariq) yangi manzilgohlar barpo etiladi. Chunonchi Rossiyaning bosqinchiligiga qarshi tadbir sifatida Sirdaryo bo'ylarida Qo‘qon xonligi tomonidan qal’alar tizim barpo etiladi. Ularning ichida eng mashhuri - Oq masjid qal’asi bo‘lgan. Aholi joylarda hududiy ma’muriy bo‘linish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shaharlar, odatda, yirik va mayda, qishloqlar esa faqat mayda shaharsozlik birliklarga bo‘lingan.

Bu shaharsozlik bo`linmalar turli nom bilan yuritilgan. Buxoro 12 jarib yoki mahalla, Samarqand 4 qit’a, Qo‘qon, Marg‘ilon, Toshkent shaharlari 4 daha deb nomlangan yirik bo‘linmalarga taqsimlangan edi. Yirik bo‘linmalar, o‘z navbatida maydalariga bo‘lingan. Bular ham turli joylarda turlicha nomlangan. Mayda bo‘linmalar Buxoro, Samarqand, Qarshi kabi shaharlarda — guzar, Qo‘qon, Marg‘ilon, Toshkent kabi shaharlarda — mahalla, Xorazmda esa — masjid (masjidkavm) deb atalgan.

Demak, «mahalla» iborasi qo‘llanish joyiga qarab ikki ma’noni bildiradi: Buxoroda bu yirik bo‘linmani, boshqa hollarda esa mayda bo‘linmani anglatadi. Shaharlaning asosiy qismlari aksari mahallalardan (mayda bo'linmalardan) iborat bo‘lgan. Mahalla umumiy yerda joylashib kundalik hayotda o‘zaro yordam berish tamoyili asosida tashkil topgan ijtimoiy birlikdir. Mahalla ko‘pincha ko‘cha yoki bir necha ko‘cha yonlaridagi xonadonlarni birlashtirgan.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling