O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.99 Mb.
bet3/12
Sana29.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1401761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TARIX SLAYT

Ularning markazida — guzarda hovuz, masjid (aksari maktabi, ba’zan madrasasi bilan), choyxona, novvoyxona va boshqa kundalik ehtiyoj uchun qurilmalar bo‘lgan. Mahalla ishini oqsoqol, imom, dasturxonchi va qorovul kabi lavozimlardagi shaxslar olib borgan. To‘y ma’raka uchun mahallaning mulki: qozon, idish-tovoq, tobut va boshqa uskunalari bo‘lgan. Mahallalar o‘zlarining qurilmalari zichligi, funksional tuslanishi jihatidan bir xil bo‘lmagan. Shaharlaning geometrik markazlaridagi mahallalarda qurilmalar zich bo‘lgan. Shahar aholining asosiy qismi savdo va hunarmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shaharning chetlaridagi mahallalar dala sifat: qurilmalari siyrakroq, hovlilari kengroq, serdaraxt bo`lgan. Shahar aholining asosiy qismi savdo va hunarmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shaharning chetlaridagi mahallalar dala sifat: qurilmalari siyrakroq, hovlilari kengroq, serdaraxt bo‘lgan.

Keyingi vaqtda me’morlik tarixi fanida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ba’zi tarixiy shaharlarda zikr etilgan yirik va mayda bo‘linmalardan yana boshqa, o‘rtacha bo‘linmalar mavjud ekan. Ular bir qancha mayda bo`linmalardan tashkil topgan o‘rtacha bo‘linmalar bo‘lib, Marg‘ilonda — o‘ram, Xo‘jandda — roat deb atalgan. Demak, oldin qayd etilganlarni nazarga olsak, Marg‘ilonda ikki bosqichli shaharsozlik bo‘linishi emas, balki uch bosqichli: daxa — o‘ram — mahalla bo‘linishi qaror topgan deb xulosa chiqarishimiz mumkin.

Undan tashqari, mayda bo‘linmalar ham bir necha qismlarga — ko`chalarga ajratilishi mumkin. Masalan, XX asr boshlarida Toshkentdagi Mergancha mahallasi bir necha ko‘chalarga bo‘linganligi malum. Shaharlar o‘tmishda o`zlarining atroflaridan qo‘rg‘on devor bilan chegaralanib turgan. Ular shaharlani mudofaa qilish va shartli ravishda ma’muriy chiziq vazifasini o`tagan. Shartlilik shundan iboratki, yuqorida aytib o ‘tilganidek ko‘pgina shaharlar qo‘rg‘on devoridan tashqaridagi tevarak bilan funksional jixatdan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Qo‘rgon devorlari ko‘proq paxsa va xom gishtdan qurilgan bo`liib , qalinligi tepaga qarab ingichkalashib borgan. Odatda, devorlarning tepa sathi shunday bo‘lganki, uning ustida navkar, hatto ba’zan ikki otliq yonma-yon yura olgan.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling