O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 0.99 Mb.
bet6/12
Sana29.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1401761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TARIX SLAYT

Xiva va Buxoro shaharsozligi.

Xiva shahari ikki qismdan: Ichan qal’a va Dishan qal’adan iborat. Xivaning shahristoni bo`lgan Ichan qal’a tarxda to‘g`ri to‘rtburchak shaklida bo`lib, shimol - janub yo`nalishida barpo bo`lgan. Qal’aning shimolida Bog‘cha darvozasi, janubda Tosh darvozasi mavjud. Ularni shimol-janub yo‘nalishidagi ko‘cha birlashtirib turadi. Asosiy ko‘cha esa g‘arb-sharq yo‘nalishida o‘tadi. Ko‘cha mos ravishda Ota va Polvon darvozalaridan o‘tadi. Ota darvoza oldida qal’a Ko‘hna ark joylashgan.

Dishan qal’a Xivaning rabodi bo‘lib, Ichan qal’aning tevaragida, sharqdan g‘arbga qarab cho‘zilgan. Xorazm xoni Olloquluxon (XIX asr o ‘rtasi) aholini qo‘shni qabilalar hujumidan saqlash maqsadida Dishan qal’ani uzunligi 6 km bo‘lgan devor bilan o'ratadi. Qurilishda Xorazm aholisining ko‘p qismi qatnashib olti haftada bitqaziladi. Dishan qal’ada 10 ta darvoza bo‘lgan. Bular: Xazorasp (yoki Quyi), Pishkanik, Bog‘i shamol, Shayhlar, Tozabog‘, Shohimardon, Dosh oyoq, Ko‘sh, Gadoylar va Gandumiyon darvozalaridir. Dishan qal’aning bosh ko‘chalari Ichan qal’a ko‘chalarini davom ettiradi. Shaharning bozor, tim va rastalari, asosan Dishan qal’ada bo`lgan.

Xiva shahar Tarxi
Xiva sh. Ko`hna Ark:
1- Ko`rishxona; 2-Masjid va zarbxona; 3-Haram

Binolar funksiyalariga qarab ratsional holatlarda, hajmiy — fazoviy jihatdan yaxlit holda o‘zaro biriktirilgan. O‘rta Osiyodek iqlimi issiq mintaqada suvning ahamiyati beqiyosdir. Shaharning suv tarmog‘i boshida bir yoki ikki bosh ariq turadi: Buxoroda — Shohrud, Samarqandda — Siyob, Xivada — Polvonyob, Xo‘jand esa Sirdaryoning o‘zidan suv ichadi. Daryo va bosh ariqlardan yon ariqchalar ajraladi. U lardan ham maydalanib borgan ariq deyarli har hovligacha etib borgan va shahardan chiqib ketgan. Har xonadon o'z hovlisiga iloj bo‘lmaganda qo‘shnining hovlisi orqali o ‘tkazishga haqli bo‘lgan. Bu rioya qilinishi shart bo‘lgan odat obraha haqi nomi bilan ma’lum.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling