O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: BUXORO SAROY MALIKALARINING SIYOSIY FAOLIYATIDAGI O’RNI
QABUL QILDI:_______________
BAJARDI:___________________
Toshkent - 2023
REJA:
KIRISH……………………………………………………………………………3
I bob. ILK O’RTA ASRLAR DAVRIDAN BOSHLAB BUXORO MALIKALARINING HAYOTI VA SIYOSIY FAOLIYATINING TARIXIY MANBALARDA AKS ETISHI
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Buxoro malikalarinining aks etishi ………………………………………………………………………………6
Buxoro xonligi davrida malikalarning siyosiy arbob sifatida tanilishi ………...…………………………………………………………………………..19
II bob. BUXORO AMIRLIGI DAVRIDA SAROY MALIKALARINING SIYOSIY FAOLIYATI
2.1. Buxoro amirligi siyosiy hayotida saroy malikalarining o’rni …..…….....24
2.2. Qurbonjon dodxohning siyosiy faoliyati ………………………………….29
XULOSA…………………………………………………………………………33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi. Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini ayollar siyosat arboblar sifatida tarix sahnasiga chiqib ko’tardilar. Ayollarning siyosiy arboblar sifatida tanilishi Movarounnahr tarixida alohida o‘rin egalladi. Markazlashgan buyuk davlatlarning barpo etilishi bilan Movaraunnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda O‘rta Osiyoda Sharq uyg‘onish davrining beshigi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.
Uch ming yillik davlatchilik an’analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida Buxoro davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi. O’tmishda ajdodlarimiz qoldirib ketgan tarixiy manbalarni bilish, ularning ilmiy merosini o’rganish bizning bugungi kundagi eng muhim vazifalarimizdan hisoblanadi. Zero, har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug’ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo’ladi.Shunga asosan, vatanparvar va xalqparvar ajdodlarimizning ibratli hayoti, o’tmish tarixiy voqeligi to’la bayon qilingan asarlarni milliy istiqlol talablari asosida o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |