O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi
Download 63.18 Kb.
|
buxoro malikalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning o’rganilish darajasi
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ma’lumki, o’zbek xalqi uzoq davrlarga borib taqaladigan o’zining boy tarixiga ega. Ammo o’tmishimiz sarchashmalari haligacha yetarli o’rganilmagan. Ma’naviy tiklanish dolzarb masala hisoblangan bugungi kunda ajdodlarimiz durdonalarini tatqiq etish katta ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, Buxorodagi saroy malikalarining siyosiy faoliyat tarixini o’sha davrga oid manbalar asosida o’rganish ham maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Buxoro tarixi bir qator sharqshunos va tarixshunos olimlar tomonidan o’rganilgan. Kurs ishi mavzusi yuzasidan davlatimiz va xorij olimlari qator ilmiy ishlarni chop etganlar. Jumladan, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Raupov.S "Navodir ul- vaqoeda adolatli shoh muammosi”, S.Ayniy “Esdaliklar”, T.E.Rahmonov, M.Z.Orziyevning “Ikki tarixiy siymo”, A.Razzoqovning “Iqtisodiy tafakkurlar sarchashmasi”, monografiya kabi darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy maqolalar atroflicha tahlil qilingan. Bundan tashqari, rus tilida ham ko‘plab adabiyotlar chop etilgan. Bundan tashqari ushbu Kurs ishini yozishda internetdan olingan ma’lumotlardan va ilmiy maqolalardan foydalanildi. Shuningdek, V.V.Bartold asarlarida Buxoro tarixida saroy malikalarining o’rni yuzasidan muhim ma’lumotlar berilgan. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Buxoro tarixiga oid manbalarni o’rganish natijasida Buxoro siyosiy hayotida saroy malikalarining o’rnini, jumladan: Buxoro siyosiy hayotida saroy malikalarining faoliyati davrini manbalar asosida o’rganish; Buxoroda mavjud bo’lgan davlatlarning saroy malikalari tomonidan boshqarilishi natijasida yuksalishi hamda inqirozga yuz tutishi sabablari va bu davrda ijtimoiy- iqtisodiy hayot masalalarining yoritilishi; Saroy malikalari tomonidan boshqarilgan davlatlarning ijtimoiy-madaniy hayoti hamda buning xalq hayotiga ta’sirining aks ettirilishi; Xonlarning ichki va tashqi siyosati, hamda qo’shni davlatlar bilan munosabatlarida saroy malikalarining o’rni yoritilishi masalalarini o’rganish; Bu davr tarixiy jarayonlarini ilmiy tadqiq etilishining bugungi kunda O’zbekiston tarixi fanining rivojlanishi va tarixiy bosqichlardagi o’rni va ahamiyati. Download 63.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling