O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 128 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi128 Kb.
#1402995
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI
902- GURUH TALABASINING
TF XALQARO BAHOLASH DASTURI FANIDAN TAYYORLAGAN

Mavzu: PIRLS tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot va uning ahamiyati


QABUL QILDI: QO'SHMURODOV A.
TAYYORLADI: ACHILOVA O.


Jizzax – 2023 yil
4-Mavzu: PIRLS tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot va uning ahamiyati
REJA:

  1. Xalqaro baholash tizimlari haqida tushuncha

  2. PISA dasturining axamiyati

  3. PIRLS xalqaro tadqiqoti haqida umumiy ma’lumotlar

  4. TALIS haqida umumiy tushuncha

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar

  7. Mavzuga oid test.

  8. Izohli lug’at

Xalqaro baholash tizimlari haqida tushuncha
Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash tizimlari fanida bugungi kunda jamiyatimizga kirib kelgan xalqaro baholash tizimlari va ularning talablari, maqsad va vazifalari o’rganiladi. Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim- tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdi. Xususan, dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Qariyb 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish sohasida yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab mavzular bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda. IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo bo‘yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi. O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha o‘quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy sharoitida o‘quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo‘llabquvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling