O’zbекisтоn rеspubliкаsi оliy та’liм, fan vа innovatsiyalar vazir
Download 263.49 Kb.
|
Nozima
Saljuqiylar - Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola (1038—1308). Sulola nomi chorvador turkiy qavm —oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan.
Sirdaryoning quyi oqimi — Jand sh. atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligidz islom dinini qabul qilishgan (992). Saljuqning vafotidan soʻng ular Nurota atroflarida joylashgan. Mahmud Gʻaznavip Amudaryodan oʻtib, Buxoroga borayotganda saljuqlarning yoʻlboshchisi amir Arslon (Isroil)ni chakirib, ularga Buxorodan Xurosonga koʻchishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjoniynkt yozishicha, 4000 oʻtovli saljuqlar Yagʻmur, Bugʻ, Koʻktosh, Qizil, Mansur, Anas oʻgʻli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan oʻtib, Xurosonning Saraxs, Obivard, Farova, Niso, Dandanakon kabi turli mavzelarida qoʻnim topganlar. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan S. harbiy kuchlarini birlashtirib, astasekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlapishsh barpo etganlar. Keyinchalik bu davlat jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulola vakillari (hukmdorlari) sulton deb atalgan va ular quyidagilardan iborat. Xurosondagi S (1038—1157): Toʻgʻrulbek (1038—63), Alp Arslon (1063— 72), Malikshoh (1072—92), Mahmud (109294), Barqiyoruq (10941104), Malikshoh II (1104—05), Gʻiyosiddin Muhammad (1105—18), Sanjar (1118—57);Kermondagi S (10411187): Kavurbek (1041—73), Kermonshoh (1073), Xusayn (1073—74), Sultonshoh I (107485), Turonshoh I (108597), Eronshoh (1097—1101), Arslonshoh 1 (110141), Muhammadshoh1 (114156), Toʻgʻrulshoh (1156—67), Bahromshoh (1167—68), Arslonshoh II (1168), Turonshoh II (1168—74), Muhammadshoh II (117487), Muborak (1187);Shom (Suriya)dagi S (1074— 1117): Tutush (107495), Ridvan (Halabda; 1095—1113); Dukak (Damashqda; 1095—1104), Alp Arslon Arxas (Halabda; 1113—14), Sultonshoh (1114—17);Iroqdagi S. (1118—94): Maxmud (111831), Dovud (113132), Toʻgʻrul I (113233), Masʼud (113352), Malikshoh (115253), Muhammad (115359), Sulaymonshoh (1159—61), Arslonshoh (116177), Toʻgʻrul II (117794);Koʻniya (Anatoliya yoxud Rum)dagi S (1077—1308): Sulaymon 1 (1077 — 86), Qilich Arslon I (10861107), Malikshoh I (110716),Masʼud I (1116—56), Qilich Arslon II (115688); Malikshoh II (118892), Kayxusrav I (11921200; 120510), Sulaymon II (1200—04), Qilich Arslon III (120405), Kaykovus I (121019), Alouddin Kayqubod (1219—36), Kayxusrav II (123645), Kaykovus II (124547), Qilich Arslon IV (125765), Kayxusrav III (126583), Masʼud II (128396), Kayqubod HI (1296—1307), Masʼud III (1307—08) va boshqa sulolalar. Download 263.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling