Oʼzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga


Download 13.86 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi13.86 Kb.
#1423827
Bog'liq
Inventarizasiya 2023yil


Oʼzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligiga
Urganch davlat universiteti maʼmuriyati Sizning 2022-yil 29-noyabr 02/35-29/11-151-sonli xatingizga asosan oliy taʼlim muassaslarini real extiyojini inobatga olgan holda zamonaviy hamda taʼlim tilidagi darslik va oʼquv adabiyotlari bilan yetarli darajada taʼminlash, maʼnan eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan darslik va oʼquv adabiyotlarini taʼlim jarayonidan butkul chiqarish yoki qayta nashr etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Urganch davlat universiteti Аxborot-resurs markazi fondini qayta xatlovdan oʼtkazdi. Qayta xatlovdan oʼtkazish jarayonida jami 306698ta adabiyotlar mavjudligi aniqlandi (shulardan, darsliklar 69065ta, oʼquv qoʼllanmalar 113466ta, ilmiy adabiyotlar 23337ta, badiiy adabiyotlar 54332ta va boshqa adabiyotlar 46497ta adabiyotlar). Shulardan maʼnan eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan adabiyotlarning jami 27555ta (shulardan, darsliklar 2927ta, oʼquv qoʼllanmalar 7308ta, ilmiy adabiyotlar 178ta, badiiy adabiyotlar 6265ta, va boshqa adabiyotlar 10877ta) adabiyotlarni xisobdan chiqarishga hamda yaroqsiz holga kelgan adabiyotlardan jami 169 nomdagi adabiyotlarning har biridan 15 nusxada qayta nashr etishga tavsiya qiladi. Bundan tashqari Oliy talim yoʼnalishida namunaviy fan dasturida koʼrsatilgan bakalavr va magistratura taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha asosiy oʼquv adabiyotlardan АRM fondida mavjud boʼlmagan adabiyotlarni markazlashgan mablagʼlar xisobidan bakalvr taʼlim yoʼnalishi boʼyicha jami 278 nomda 3470 ta, magistratura taʼlim yoʼnalishi boʼyicha jami 111 nomda 580ta adabiyotlarni chop etishga tavsiya qiladi. Xisobdan chiqariladigan va qayta nashrga tavsiya etiladigan adabiyotlar ilovada keltiriladi.
Izoh: Urganch davlat universiteti kutubxonasi Аxborot-resurs markazi deb qabul qiliniganligi munosabadi bilan maxallalardan kutubxona fondi qoʼshilganligi sababli xisobotda mavjud adabiyotlar sonida xato xisoblashlar natijasida jami fond shu kungacha 298245 ta adabiyot koʼrsatkichida kelgan.
Ilovalarda taqdim qilinadi.
Ilova №1 -
Download 13.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling