O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston Milliy Universiteti
II BOB. XX asr boshlarida Hindistonning ozodlik harakatlari va buning sabablari haqida
Download 164.1 Kb.
|
Hindiston 19 asr. kurs ishi
II BOB. XX asr boshlarida Hindistonning ozodlik harakatlari va buning sabablari haqida.
2.1. XX asr boshlarida Hindistondagi ozodlik harakatlari haqida. Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi. Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona7 va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madh, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqa Hindiston mustaqillikka erishgan paytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949-yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy talim joriy etildi. 2005-yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Malakali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5–6 yil va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud. mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kalkutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902-yil tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqa Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851-yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M. Gandi (1948) memorial muzeylari. Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar aka-demiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi.institutlarga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq xoʻjaligi tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kenga-shi, Universitetlarni mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35 mln. nusxadan iborat 18 ming jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Indian ekspress" ("Hind eksprsssi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1932-yildan), "Xindustan tayms" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1923-yildan), "Tayms of In-dia" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838-yildan), "Steytsmen" ("Davlat arbobi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1875-yildan), "Neshnl gerald" ("Milliy xabarchi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1938-yildan)8, "Nav bharat tayms" ("Yangi Hindiston vaqti", hind tilidagi kundalik gazeta, 1947-yildan), "Naya patx" ("Yangi yoʻl", oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954-yildan), "Forin affers riports" ("Xalqaro munosabatlar xabarchisi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952-yildan), "Hayot" (urdu tilidagi haftanoma, 1963-yildan), "Hindu" (ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1878-yildan), "Hindustan" (hind tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), "Blits" ("Chaqmoq", ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi haftalik jurnal, 1941-yildan). Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng yirik axborot agentligi (PTI), 1947-yil tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (YUNI), Hindiston matbuot axborot agentligi, 1961-yil tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936-yildan, Umumhindiston televideniyesi 1976-yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927-yildan, telekoʻrsatuvlar 1959-yildan boshlangan. Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi 10–4-asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dos-tonlar – "Mahabharata" va "Ramaya-na" shakllandi. Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari – puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari toʻplamlaridan "Panchatantra", "Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati", "Shuksaptati" mashhur. Mualliflik adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3–4-asr) va Shudraka (5–6-asr) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (8-asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning "Oʻn shahzoda sar-guzashti" romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan dravid tillari (qarang Dravidlar)da, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (qarang Tamil adabiyoti) rivojlandi. taxminan 7-asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (17–18-asr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik hara-katining rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mit-tro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K. Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash \ind adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiypar-nar yozuvchilarning \arakati vujudga keldi. 20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N. K. Narayan, X. Chattopa-dxaya va boshqalar). 1936-yil Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Inqilobiy romaitik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik oqimlari \am paydo boʻldi (I.Joʻshi, M.Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan. 1940–60 yillarda Hindistonda ind progressiv adabiyot namo-yandalari A.S.Jafri, S.K.Chouxan9, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A.N. Kas-mi, A.Nagar va boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb masalalarni \al etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M.R.Anand, M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay, G.Singx, R.V. Desai, R.Krishnamur-ti, R.A.Maxadevan, Vshʼchatxol va boshqa oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-taraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiq-dilar. Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-xan, X. Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va jarayonlar bilan cham-barchas bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind adabiyotida "psixologik adabiyot" vakili sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil Hindistonning ijtimoiy muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi. 1980–90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar (yana q. Xsh") adabiyoti). Download 164.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling