Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet
‘zbekiston Respublikasida “Davlat budjetining g’azna ijrosi
Download 147.71 Kb.
|
Byudjet tashkilotlarida mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
0 ‘zbekiston Respublikasida “Davlat budjetining g’azna ijrosi
to‘g ‘risida”gi qonun, 7-modda 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” analitik hisobvarag‘ida yuqorida kеltirilmagan barcha hollar bo‘yicha dеbitor va krеditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi olib boriladi.Shuningdеk, ushbu analitik hisobvaraqda shtatda turmagan tarkibga (kompozitorlarga, artistlarga, mualliflarga) shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, tеlеvizor va radio- eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga bеriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdеk, uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan pеdagoglarga to‘lanadigan kompеnsatsiya to‘lovlari hisobga olinadi.Boshqa dеbitorlar va krеditorlar bilan olib boriladigan hisob- kitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son mеmorial ordеr) jamlanma qaydnomasida, shuningdеk, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlarini mablag‘lar manbaalari bo‘yicha alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 150/1 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar (budjet mablag‘i hisobidan)”, 150/2 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan)” va hokazo.Ushbu subschyotlar bo‘yicha analitik hisob budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblarni alohida ajratgan holda 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob- kitoblar daftari (kartochkasi)da, 285-son shakldagi aylanma qaydnomada va boshqa tegishli hisob registrlarida yuritiladi.Budjet tashkilotlari yetkazib beriladigan mahsulot (ish va xizmatlar) bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq hisoblashuvlarni amalga oshiradi.Budjet tashkilotlari yetkazib beriladigan mahsulot (ish va xizmatlar) bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq hisoblashuvlami amalga oshiradi. Byudjet tashkilotlari belgilangan tartibda mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etadi.Belgilangan tartibga muvofiq budjet tashkilotlarining mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari majburiy tartibda ularning yuridik xizmatlari (shartnoma asosida jalb qilingan advokatlar) tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligiga tekshirilishi shart. Agar shartnomaning summasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 200 baravari miqdoridan oshmasa, shartnomalarga tomonlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar imzosi qo‘yiladi. Agar shartnoma summasi, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 200 baravaridan ortiq bo‘lsa, tomonlar yuridik xizmat yoki jalb etilgan advokatlarning xulosasini ilova qilishi lozim. Shartnomalar, shuningdek ularga qo‘shimcha kelishuvlar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv (hisoblash) mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Hech qanday tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlar, hattoki tomonlar kelishuviga ko‘ra ham yo‘l qo‘yilmaydi. Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi. Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarda, shuningdek boshqa ta’lim muassasalarida o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi va 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.Analitik hisob har bir badal to‘lovchi ota-onalar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.Xodimlar bilan ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, nogironlar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan yerda umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning xodimlariga to‘lov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan bo‘lib, ana shu tashkilotlarning xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi. Xodimlar bilan ular olgan ovqatlar uchun hisob-kitob yuritganda 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga sarf qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” subschyot kreditlanadi. Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek oldindan to‘langan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar (120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” yoki 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotlar) debetlanadi.Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son shakldagi aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi ko‘rsatiladi. Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, televizor va radioeshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek, uyda nogiron bolalami o‘qitadigan pedagoglarga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa barcha debetorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “Boshqa debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida kreditorlik majburiyatlari, debet tomonida kreditorlik majburiyatlarini to‘lanishi yoki debetorlik majburiyatlar aks ettiriladi. Boshqa debetorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob- kitoblaming analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial or der) jamlanma qaydnomasida, shuningdek, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. Download 147.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling