O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 431.04 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi431.04 Kb.
#1482484
  1   2   3   4
Bog'liq
iqt


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK- IQTISODIYOTI
INSTITUTI
5312400-MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
MEM-200 (20) GURUH

MUSTAQIL ISH
MAVZU: SANOAT KORXONALARIDA MARKETING.

Topshirdi: __________________


Qabul qildi: __________________

Qarshi-2023.


MUNDARIJA.

  1. Kirish.

  2. Marketing - ishlab chiqarishni boshqarish vositasi.

  3. Sanoat korxonalarida marketing strategiyasini ishlab chiqish.

  4. Marketing vositalari.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.


"Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fanida biz bozor iqtisodiyoti va raqobatchilik sharoitida korxona faoliyatini amalga oshirishni, kadrlar potensiali va kadrlar siyosati, meqnatga qaq to‘lash, resurslar va ulardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish, investision va innovatsion faoliyat, xarajat, daromad va rentabellik, bahoni shakillantirish, menejmentning tashkiliy strukturasi, menejmentning boshqaruv usullari, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, korxonani strategik boshqarish kabi masalalarni ko‘rib chiqamiz. "Iqtisodiyot" atamasi birinchi bor ARISTOTEL tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish, ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo‘lsa, iqtisodiyot ko‘rsatkaichlari va aholining turmush tarzi shuncha yuqori bo‘ladi. Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma'naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan har bir jabhani qamrab oladi (oziq-ovqat,kiyim-bosh, turar joy). "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fani izlanish, boshqarish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va bashoratlar "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" faning muhim tarkibiy qismi sifatida xo‘jalik tavakkalchiligini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to‘g‘ri tanlov olib borish imkonini yaratadi. Fanning maqsadi ta'lim olayotganlarga amaliy-iqtisodiy bilimlarni, shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o‘rganish yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari bo‘yicha qaror qabul qilish ko‘nikmalarini singdirishdadir. Fanning vazifasi korxona faoliyatida uchraydigan savollarga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir.

Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta‘minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Marketing ("marketing") - (ingliz tilidan ―market‖ - bozor va ―ing‖ qo‘shimchasi - harakat, faoliyat ma‘nosini anglatadi) ―bozor bilan bog‘lik faoliyat‖ ma‘nosida tarjima qilinadi. Lekin bu tushunchaning ma‘nosi juda kengdir. Amerika Marketing Assosiasiyasining ma‘lumotlariga asosan marketingga 2000 dan ortiq turli-tuman ta‘riflar berilgan bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. Marketing - ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi. Marketing – bu ayirboshlash asosida tovarlar, xizmatlar, tashkilotlar, insonlar, hududlar va g‘oyalarga bo‘lgan talabni bashoratlash, boshqarish va qondirishdir. Marketing - bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing - bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va taklifni o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste‘mol qilish bilan bog‘lik bo‘lgan turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish va iste‘moldan chiqqandan keyin utilizasiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini echishda yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir.


Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste‘molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni
vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon‘yunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta‘sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.
Talab bilan taklifni o‘zaro ta‘siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon o‘z
navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o‘zaro ta‘siriga asoslanadi,
ya‘ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste‘moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.Muhtojlik – kishini biron bir narsani etishmasligini his etishidir. Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga
muhtojlikdir. Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabga bo‘linadi. Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e‘tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste‘mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste‘molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‘ljallashdan iborat. Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur:
talabni o‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o‘rgatadi:
bozorni o‘rganishni;
uni taqsimlashni;
tovarlarni joylashtirishni;
marketing siyosatini olib borishni;
tovar siyosatini;
narx siyosatini;
taqsimot siyosatini;
siljitish (yo‘naltirish) siyosatini;
yuksalish, qo‘shimcha xizmatlarni (Plyus) - (bunga marka, sotishdan keyingi
xizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy iste‘mol va
boshqalarni kiritish mumkin). Marketing konsepsiyasini olib borish uchun marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
marketing tadqiqotlari;
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
sotish va taqsimot funksiyasi;
tovarni siljitish;
narxni tashkil etish funksiyasi;
marketing-menejment funksiyasi.

Download 431.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling