O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 277.5 Kb.
|
Shaxsiy reja Abdisalomova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIOLOGIYA FAKULTETI ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI VA BIOKIMYO KAFEDRASI 03. 00. 08 - ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI IXTISOSLIGI
- Dissertatsiya mavzusi
- SAMARQAND – 2023 SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIDA DOKTORANTLAR TAYYORLASHNING UMUMIY TARTIBI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI VA BIOKIMYO KAFEDRASI 03. 00. 08 - ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI IXTISOSLIGI TAYANCH DOKTORANT ABDISALOMOVA MUNISA ABDIMUROD QIZINING YAKKA TARTIBDAGI ISH REJASI Ilmiy rahbar: Phd, dots. M.S.Kuziyev Dissertatsiya mavzusi: Tovuqlarni gidroponika usulida yetishtirilgan ozuqalar bilan oziqlantirishning fiziologik asoslari Mazkur yakka tartibdagi reja Universitet ilmiy kengashining 2023- yil yanvardagi majlisida (Bayonnoma № ___) muhokama qilinib tasdiqlangan. SAMARQAND – 2023 SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIDA DOKTORANTLAR TAYYORLASHNING UMUMIY TARTIBI Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar tayanch-doktoranturada o‘qish davomida quyidagilarni bajarishlari lozim: TAYANCH DOKTORANTURADA O‘QISHNING BIRINCHI YILIDA 1. Dissertatsiya mavzusi bo'yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi; 2. Ixtisoslik bo'yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi; 3. OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola chop ettirish; 4. Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasida bitta ilmiy maqola chop ettirish; 5. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot tayyorlash; 6. Ilmiy konferentsiyada dissertatsiya mavzusi boʼyicha maʼruza bilan ishtirok etganligi; 7. Kafedra seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha ma’ruza qilish (ilmiy rahbar bilan birgalikda); TAYANCH DOKTORANTURADA O‘QISHNING IKKINCHI YILIDA 1. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nazariy, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish (yakka tartibdagi rejaga binoan); 2. OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davri davomida kamida bitta ilmiy maqola chop ettirish; 3. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davri davomida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop ettirish; 4. Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasida bitta ilmiy maqola chop ettirish; 5. OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola chop ettirish; 6. OTM (bo‘lim, kafedra, laboratoriya) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha ma’ruza qilish (mustaqil). 7. Dissertatsiya mavzusi bo'yicha yakka tartibdagi rejasining bajarilishi bo'yicha hisobot berish; TAYANCH DOKTORANTURADA O‘QISHNING UCHINCHI YILIDA 1. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nazariy, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish (yakka tartibdagi rejaga binoan); 2. Jurnallarda, shu jumladan Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasiga muvofiq ilmiy maqola chop ettirish (dissertatsiya himoyasigacha kamida 4 ta chop etilgan ilmiy maqola bo‘lishi kerak); 3. Malakaviy imtihonlarni topshirish; 4. OAK talablariga muvofiq tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatini tayyorlash; 5. OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislariga dissertatsiya va avtoreferatni ko‘rib chiqish hamda muhokama uchun taqdim etish. Download 277.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling